XIAOMI SMARTFONLARINI TANLASH BORASIDA TO’LIQ YO’RIQNOMA (+NARXLARI)

Bugungi kunda, Xiaomi (Syaomi) jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Xiaomi barchaga mos keluvchi smartfon taklif qila oladi. Xiaomi ni boshqalardan ajratib turadigan jihati, arzon bo’lishiga qaramay, sifati a’lo darajada va dizayni flagmanlardan qolishmaydi. Lifetime ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, Xiaomi smartfonlarini tanlash bo’yicha yordam beradi.

XIAOMI SMARTFONLARINI TANLASH

xiaomi smartfonlari

‘ARZONROQ MODELI KERAK’
Xiaomi Redmi 5A

xiaomi redmi 5a

  • Displey: 5 dyuym, matritsa IPS, 1 280 × 720 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 425, 4 yadro, 1,4 Ghz.
  • Xotira: 2/3 ГБ tezkor (axir bu operativka) va 16/32 gb doimiy, microSD qabul qiladi.
  • Asosiy kamera: 13 Мpx, fazali fokus,  f/2,2, LED-chaqmoq (вспышка).
  • Old kamera: 5 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi (802.11 a/b/g/n), Bluetooth 4.1.
  • Akkumulyator: 3 000 mА·h.

Xiaomi dagi mavjud modellardan eng arzonlaridan biri. Ammo, sifati ham chakki emas. Qulay jihatlaridan biri, sim-karta uchun joy 2 ta va SD karta uchun joy alohida. Undan tashqari, Redmi 5A, eng yangi MIUI 9 bilan chiqarilgan.

Narxi: 100$ atrofida.

‘MENGA ARZON  VA «KUCHSIZ» BO’LMAGAN SMARTFON KERAK’
Xiaomi Redmi 5 Plyus

xiaomi redmi 5 plyus

  • Displey: 5,99 dyuym,  IPS, 2 160 × 1 080 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 625, 8 yadro, 2,0 Ghz.
  • Xotira: 3/4 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy, microSD qabul qiladi.
  • Asosiy kamera: 12 Mpx, fazali fokus, f/2,2, LED-chaqmoq.
  • Old kamera: 5 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi (802.11 a/b/g/n), Bluetooth 4.2.
  • Akkumulyator: 4 000 mА·h.

Katta va zamonaviy 18:9 formatdagi ekranga ega. Narx va sifat bo’yicha eng optimal variantlardan biri. Ekran atrofidagi «ramka»lari qisqartirilgan va Galaxy s8 ni eslatib yuboradi.

Narxi: 1.600.000-2.000.000 so’m atrofida. (Xotirasiga qarab farq qiladi)

Xiaomi Mi A1

xiaomi mi a1

  • Displey: 5,5 dyuym, IPS, 1 920 × 1 080 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 625, 8 yadro, 2,0 Ghz.
  • Xotira: 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy, microSD qabul qiladi.
  • Asosiy kamera: 12 + 12 Mpx, fazali fokus, f/2,2, LED-chaqmoq, ikki karrali zoom.
  • Old kamera: 5 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi (802.11 a/b/g/n/ac), Bluetooth 4.2.
  • Akkumulyator: 3 080 mА·h.

Xiaomi Mi A1 ning ikkita kamerasi, tasvir sifatini yo’qotmay ikki karrali optik zoom imkonini beradi. Bu narxdagi biror-bir smartfon bunday variantni taklif qila olmaydi. Asosiy xususiyati shundaki, android ning «toza» versiyasi o’rnatilgan va operatsion tizimning yangi versiyalarini shaxsan Google ning o’zi nazorat qiladi.

Narxi: 210$ atrofida.

‘IXCHAM VA QULAY SMARTFON XOHLAYMAN’
Xiaomi Redmi 4X

xiaomi redmi 4X

  • Displey: 5 dyuym, IPS, 1 280 × 720 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 435, 8 yadro, 1,4 Ghz.
  • Xotira: 2/3/4 Gb tezkor va 16/32/64 Gb doimiy, microSD qabul qiladi.
  • Asosiy kamera: 13 Mpx, fazali fokus, f/2,0, LED-chaqmoq.
  • Old kamera: 5 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1.
  • Akkumulyator: 4 100 mА·h.

Bu xiaomi ning eng ixcham smartfoni. Bir qo’lda, hech qanday qiyinchiliksiz, bemalol ishlatsa bo’ladi. Xiaomi ning yana bir ixcham smartfoni Redmi 5Aga qaraganda, kuchli protsessor va kattaroq akkumulyator o’rnatilgan. Metall korpus va HD ekran, Redmi 4X ni afzalliklaridan biri.

Narxi: 1.100.000-1.300.000 so’m atrofida.

‘YAXSHI KAMERALI SMARTFON KERAK’
Xiaomi Mi Note 3

xiaomi note 3

  • Displey: 5,5 dyuym, IPS, 1 920 × 1 080 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 660, 8 yadro, 2,2 Ghz.
  • Xotira: 6 Gb tezkor va 64/128 Gb doimiy, microSD qabul qiladi.
  • Asosiy kamera: 12 + 12 Mpx, fazali fokus, f/1,8, LED-chaqmoq, ikki karrali zoom, optik stabilizatsiya.
  • Old kamera: 16 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, NFC.
  • Akkumulyator: 3 500 mА·h.

Asosiy kamera 12 megapiksellik ikkita obyektivdan iborat. Asosiysi, optik stabilizatsiya (va f/1,8) esa, yorug’lik yetarli bo’lmagan sharoitda ham sifatli suratlar olish imkonini beradi. Ikkinchi obyektiv sifatli, ikki karrali zoom bilan ta’minlaydi. Mi Note 3, xiaomi smartfonlari ichida, DxOMark da eng yuqori ball olgan.

Narxi: 390$ atrofida.

Xiaomi Mi6

xiaomi mi6

  • Displey: 5,15 dyuym, IPS, 1 920 × 1 080 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 835, 8 yadro, 2,4 Ghz.
  • Xotira: 4/6 Gb tezkor va 64/128 Gb doimiy, есть слот microSD.
  • Asosiy kamera: 12 + 12 Mpx, fazali fokus, f/1,8, LED-chaqmoq, ikki karrali zoom, optik stabilizatsiya.
  • Old kamera: 8 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, NFC.
  • Akkumulyator: 3 350 mА·h.

DxOMark testida Xiaomi Mi6 hali qatnashmagan lekin asosiy kamerasi Mi Note 3 bilan bir xil. Tasvir sifati ham bir xil bo’lishi kerak.

Narxi: 3.100.000-3.500.000 so’m atrofida.

‘QUVVATI KO’P VAQTGA YETADIGANI KERAK’
Xiaomi Mi Max 2

xiaomi mi max 2

  • Displey: 6,44 dyuym, IPS, 1 920 × 1 080 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 625, 8 yadro, 2,0 Ghz.
  • Xotira: 4 Gb tezkor va 32/64/128 Gb doimiy, microSD qabul qiladi.
  • Asosiy kamera: 12 Mpx, fazali fokus,  f/2,2, LED-chaqmoq.
  • Old kamera: 5 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.2.
  • Akkumulyator: 5 300 mА·h.

5300 mA•h akkumulyator 2 kunga bemalol yetadi, yoki 18 soat video ko’rishga, yoki 9 soat o’yin o’ynashga, yoki 57 soat so’zlashuvga yetadi. Bu bo’yicha GSMArena testida, shu vaqtgacha ishlab chiqarilgan barcha smartfonlar ichida 3 — o’rinni egallagan.

Narxi: 270$ dan boshlanadi.

‘MENGA KUCHLI SMARTFON KERAK’
Xiaomi Mi6

xiaomi mi6

  • Displey: 5,15 dyuym, IPS, 1 920 × 1 080 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 835, 8 yadro, 2,4 Ghz.
  • Xotira: 4/6 Gb tezkor va 64/128 Gb doimiy, есть слот microSD.
  • Asosiy kamera: 12 + 12 Mpx, fazali fokus, f/1,8, LED-chaqmoq, ikki karrali zoom, optik stabilizatsiya.
  • Old kamera: 8 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, NFC.
  • Akkumulyator: 3 350 mА·h.

Xiaomi Mi6 2017 — yilda, Android smartfonlar ichida eng kuchli protsessor ga ega smartfon bo’ldi. Uning kuchi barcha o’yinlar va grafik dasturlarni maksimal darajada ishlatishga yetadi. AnTuTu reytingida Mi6 kuchli 10 talikka kiradi.

Narxi: 3.100.000-3.500.000 so’m atrofida.

Xiaomi Mi Note 3

xiaomi note 3

  • Displey: 5,5 dyuym, IPS, 1 920 × 1 080 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 660, 8 yadro, 2,2 Ghz.
  • Xotira: 6 Gb tezkor va 64/128 Gb doimiy, microSD qabul qiladi.
  • Asosiy kamera: 12 + 12 Mpx, fazali fokus, f/1,8, LED-chaqmoq, ikki karrali zoom, optik stabilizatsiya.
  • Old kamera: 16 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, NFC.
  • Akkumulyator: 3 500 mА·h.

Mi Note 3 fabletiga Snapdragon 660 protsessori va Adreno 512 grafik chipi o’rnatilgan. AnTuTu testida 100.000 ko’p ball to’playdi. Bunday xarakteristika bilan muammo bo’lishi mumkin emas.

Narxi: 390$ atrofida.

‘CHIROYLI VA ZAMONAVIY SMARTFON KERAK’
Xiaomi Mi MIX 2

Xiaomi mi mix 2

  • Displey: 5,99 dyuym,  IPS, 2 160 × 1 080 px.
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 835, 8 yadro 2,4 Ghz.
  • Xotira: 6/8 Gb tezkor va 64/128/256 Gb doimiy.
  • Asosiy kamera: 12 Mpx, fazali fokus, f/2,0, LED-chaqmoq, ikki karrali zoom, optik stabilizatsiya.
  • Old kamera: 5 Mpx.
  • Aloqa: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, NFC.
  • Akkumulyator: 3 400 mА·h.

Ruslar ta’biri bilan aytganda, «самый мимишный» smartfon. ‘Ramka’larining yo’qligi va umuman dizayning o’ziga xosligi, diqqatingizni tortadi. Keramik va metall qoplama ajoyib ko’rinishga ega. Eng hayratlanarlisi shundaki, kamera xoshiyasi tilladan ishlangan.

Narxi: 480$ atrofida.

Shuningdek, siz, ‘meloman‘ bo’lsangiz, Mi6 va Mi Note 3 smartfonlarini tavsiya qilamiz.

SO’MDA KO’RSATILGAN MODELLARNI YURTIMIZ DO’KONLARIDA, AQSH DOLLARIDA KO’RSATILGANLARINI INTERNET DO’KONLARIDAN XARID QILISHINGIZ MUMKIN!