Pul ishlash

“Pul ishlash uchun ko’p narsa talab etilmaydi”

Biz texnologiyalar davrida yashamoqdamiz. Chet elda internet orqali pul ishlash allaqachon urfga kirib, rivojlanib borayotgan bo’lsa-da, bizda haligacha bunga shubxa bilan qaraladi. Biz bu maqolada pul ishlashning tavsiya etiladigan va etilmaydigan yo’llarini ko’rib chiqamiz.

Lekin har bir mehnatning o’ziga xos mashaqqatlari bo’ladi. Agar “osongina pul topar ekanman” deb o’ylasangiz, qattiq adashasiz. Bizda, pulni faqat real hayotda topish mumkin qabilidagi yanglish fikrlar bor. G’arb o’lkalarida, hattoki, kompaniyalar masofaviy ish uslubiga o’tgan va o’tib bormoqda. Bir kompaniyada ishlaydigan hamkasblar bir-birini yillab ko’rmasligi, tanimasligi mumkin! Agar ingliz tilini (yoki nemis, fransuz va h.k.) bilsangiz va biror mutaxassisligingiz bo’lsa, yoki biror ish (hisobchi, dasturchi, menejer va h.k.) bo’yicha tajribangiz bo’lsa, ish topish ehtimoli ancha yuqori.

Frilans (Freelance)

Frilans

Frilans – internet orqali (masofaviy) pul ishlashning eng популярный ommabop turi. Frilanser bu – erkin ishchi, ma’lum bir grafik va joyda emas, o’ziga istagan vaqtda va joyda ishlaydi. Frilans garchi, eng xavfsiz va ishonchli pul ishlash manbai bo’lishiga qaramay, frilanserlar ko’pligi sababli, kam haq to’lanadi. Ammo, bizda AQSh dollari kursining balandligi sababli, boshqa davlatlarga nisbatan ish haqi miqdori unchalik ham achinarli emas. Frilans orqali ishlashning 2 ta turi mavjud:

Birja orqali – ishlash eng tez va oson yo’li hisoblanadi. Ammo, yuqorida aytilganidek kam haq to’lanadi. Undan tashqari, birjalar ham ma’lum bir foiz ushlab qoladi. Agar ingliz tilini yaxshi bilsangiz, g’arb birjalarida yaxshi haq to’lanadi. Ammo, talab ham shunga yarasha yuqori, agar qilayotgan ishingizni sifatli bajarishga ko’zingiz yetmasa, yaxshisi bu ishdan voz kechganingiz ma’qul! Ro’yhatdan o’tganingizda, o’zingiz haqingizdagi haqiqiy ma’lumotlarni kiriting va ko’proq ma’lumot yozishga harakat qiling. Yo’qsa, buyurtma beruvchilarning ishonchini qozona olmaysiz. Agar shu kungacha amalga oshirgan loyihalaringiz bo’lsa, ular haqida ham yozing. Shuni unutmangki, barcha birjalarda reytinglar mavjud va har qanday salbiy harakat sizga putur yetkazishi mumkin. Mashhur birjalar:

UpWork – G’arb frilans birjasi.

FL – Rusiyzabon frilans birjasi. MDH davlatlarida yetakchilardan biri. Ro’yhatdan o’tish pullik.

Weblancer – Rusiyzabon frilanserlarning sevimli birjalaridan biri.

Birjasiz – Murakkab, ammo kelajagi porloq yo’l. Ammo ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi. Masalan, web-dasturchi bo’lsangiz va o’z ishingizni sifatli bajarsangiz. Internet orqali, firma va kompaniyalarning pochtalariga o’z xizmatlaringizni taklif qilib xat yo’llashingiz mumkin. Shuni inobatga olingki, sizda javob yozmasliklari ehtimoli yuqori. Ammo taslim bo’lmasangiz, albatta maqsadingizga yetishasiz. Shuningdek, Facebook va Instagramda guruhlar, firma, kompaniya, medialarning akkauntlarini kuzatib boring.

Bukmekerlar (Bookmaker)

Bukmeker

Diqqat! Bu yo’lni hech kimga tavsiya etmaymiz va har qanday harakatingiz uchun faqat o’zingiz javob berasiz!

Bir qarashda oson ko’rinadi, ammo pul ishlash uchun, bu sohada yetarlicha mutaxassis bo’lish kerak. Albatta omadga ham ko’p narsa bog’liq. Bukmekerda pul ishlashni 50/50 desak to’g’ri bo’ladi. Kimdir faqat yutqizadi, ehtiyotkorlar oz-oz yutqizib, kam yutadi, yana kimlargadir omad kulib boqib, katta summa yutib oladi. Nima bo’lgan taqdirda ham, bu yo’lni tavsiya etmagan bo’lardik!

Bugungi kunda, agar qo’lingizdan ish kelsa, odatiy uslubda, ish joyida, grafik bo’yicha ishlash shart emas. Internetda yaxshilab izlab ko’rsangiz, o’zingiz mos ishni albatta qidirib topasiz.

Agar, biror-bir kasbni egasi bo’lmasangiz, bir necha oy ichida, dunyoning yetakchi universitetlarining bepul kurslarida o’qishni tavsiya etamiz: