Lifetime

TOP UNIVERSITETLAR KURSLARIDA BEPUL O’QISH MUMKINMI?!

Kundan kunga masofaviy ta’lim urf bo’lib bormoqda. Dunyoning istalgan nuqtasida turib, top universitetlar kurslarida bepul o’qish mumkin. O’qishga ertalab turib, oq ko’ylak, qora shim kiyib borishingiz shart emas. Qachon, qanday va qancha o’qishni o’zingiz hal qilasiz. Hozirgi «tezkor» zamonda bu ayni muddao. Masofaviy ta’lim yaqin kelajakda odatiy ta’lim o’rnini egallashi hech gap emas. Shaxsan o’zim Coursera ni tanlaganman. Menga doim maktab va litseydagi darslar zerikarli  va men uchun emasdek tuyilardi. Ammo Coursera da bir necha kurslarni o’qiganimdan keyin qanchalik lol qolganimni so’z bilan ifodalab bo’lmaydi. Darslar shu qadar qiziqarli va oson tuzilganki, o’qiganingiz sari o’qishga mehringiz ortadi. Bunday servislarda dunyoning eng old ta’lim dargohlarining kurslari joylashgan. Sizga eng saralari haqida ma’lumot beraman.

1. Coursera

coursera

Yuqorida ta’kidlab o’tganimdek, Coursera da dunyoning top universitetlarida dars beradigan o’qituvchi va professorlar dars berishadi. Darslar 2-3 haftadan bir necha oygacha bo’lib, nihoyatda qiziqarli va sifatli, siz, qanday qilib ilm dunyosiga sho’ng’ib ketganingizni sezmay qolasiz.

coursera

 

Saytga o’tish uchun suratga bosing

Kurslar pulli va bepul. Ularning farqi, pulli kurslarda sizga dars berayotgan o’qituvchi, o’quv jarayonini nazorat qilib boradi. Kurs so’nggida esa, imtihon topshirib, sertifikatga ega bo’lasiz. Bepul o’qisangiz, o’zingizni o’zingiz nazorat qilishingizga to’g’ri keladi(self-education) va kurs so’nggida sizga sertifikat berilmaydi. Kurslar ham video, ham yozma ko’rinishda olib boriladi. Kurslarning katta qismi ingliz tilida ammo ruscha subtitrlar bilan. Ammo o’zingiz xohlagan bilimga ega bo’lasiz. Buni bepul repetitor desa ham bo’ladi. Courseraning boshalardan ustun tomoni, deyarli barcha yo’nalishdagi kurslarni topishingiz mumkin. Siz o’zingizga qulay bo’lgan vaqtda, dunyoning mashhur professorlaridan ilm olishingiz mumkin. Eng muhimi, mutlaqo BEPUL!

Sistema — Web, android va ios.

Reyting — ⭐⭐⭐⭐⭐?

2. edX

edx

edX — masofaviy ta’lim bo’yicha kuchli 3 ga kiradi. Edx bugungi kunda, tahminan 10 mln.atrofida o’quvchiga ega. Edx da ham Coursera dagi kabi dunyoning universitetlari va professorlarining kurslari jamlangan. Edx ning biznikilar uchun salbiy tomoni, deyarli barcha kurslar va subtitrlar ingliz tilida. Ammo, har bir narsaning ijobiy tomoni bo’lganidek, buning ham foydali tomoni bor. Siz biror-bir kursni o’rganish barobarida, ingliz tilini ham o’rganishingiz mumkin. Bunda sizga Google Translate yordam beradi. 🙂

edx

Saytga o’tish uchun suratga bosing

Coursera ning ham, edX ning ham o’ziga yarasha kamchilik va ustunliklari bor. Qaysi birini tanlash esa, o’zingizga bog’liq.

Sistema — Web, android va ios.

Reyting — ⭐⭐⭐⭐⭐

3. Khan academy

Khan academy — 2006 yilda MIT bitiruvchisi Salmon Xan tomonidan asos solingan. Matematika, fizika, tarix, kimyo, sog’liqni saqlash, biologiya, astronomiya, AQSH qonunchiligi, mikro va makroekonomika, axborot texnologiyalari yo’nalishlaridagi 4200 dan ortiq bepul video kurslardan iborat. Xan akademiyasi faqat video-ma’ruza shaklida o’tiladi va hech qanday yozma darslar yo’q.

khan akademiyasi

Saytga o’tish uchun suratga bosing

Khan academy da ham kurslar ingliz tilida o’tiladi. Khan academy ning boshqa analoglardan farqli tomoni shundaki, bu yerda kurslar aniq bir universitet yoki o’qituvchilarga bo’linmaydi va mutlaqo bepul.

Sistema — Web, android va ios.

Reyting — ⭐⭐⭐⭐⭐

4. Udacity

Udacity

To’g’risini aytsam, Udacity haqida u qadar ko’p ma’lumotga ega emasman. Udacity haqida yozish umuman hayolimda ham yo’q edi. Udacity ni maqolani yozayotgan vaqtimda, bir yaqin tanishim tavsiya qildi.

Udacity

Saytga o’tish uchun suratga bosing

Udacity dagi kurslar ham to’liq ingliz tilida bo’lib, kurslar kasbga yo’naltirilgan. Siz o’z kasbingiz bo’yicha malaka oshirishingiz yoki yangi kasbga ega bo’lishingiz mumkin. Ochig’i, Udacity menda iliq taasurot qoldirdi. Kurslarning kasbga yo’naltirilganligi esa, Udacity ni boshqalardan ajratib turadi. Bunday g’oya shaxsan menga ma’qul va qo’llab-quvvatlayman.

Sistema — Web, android va ios.

Reyting — ⭐⭐⭐⭐⭐

5. Stepik

stepik

Stepik — axborot texnologiyalari va dasturlash yo’nalishlaridagi kurslarni taklif qiladi. To’g’ri IT yo’nalishi har kimga ham to’g’ri kelmasligi mumkin. Ammo shu yo’nalishda o’qiydiganlar uchun noyob topilma. Kurslar rus va ingliz tillarida, bosqichma-bosqich olib boriladi. Xohish va imkoniyatingizga qarab, pulli va bepul kurslar mavjud.

stepik

Agar siz IT yo’nalishini tanlagan bo’lsangiz yoki dasturlashni o’rganmoqchi bo’lsangiz, Stepikni tavsiya qilamiz.

Sistema — Web, android va ios.

Reyting — ⭐⭐⭐⭐⭐

Bonus

ted

Ted — mashhur insonlarning ma’ruzalarini bir nech tillarda tinglashingiz mumkin. Mobil programmasida ko’chirib olish funksiyasi mavjud bo’lib, offline tinglash imkoniyati mavjud. Siz bu yerda bollivud yulduzi Shakh rukh Khan dan tortib, texnika Ilon Maskning ma’ruzlarini topishingiz mumkin.

ted

Saytga o’tish uchun rasmga bosing

Sistema — Web, android va ios.

Reyting — ⭐⭐⭐⭐⭐?

Eng sara 10 motivatsiya >

Пролистать наверх