TOP 10 FILMLAR. 2017 — YIL OXIRI 2018 — YIL BOSHI

sharqiy ekspress lifetime

2017 — yil oxiri, 2018 — yil boshidagi top 10 filmlar. Agar qaysi filmni tomosha qilishni bilmayotgan bo’lsangiz, bu aynan siz uchun. Filmlarning barchasi hozirda HD sifatida mavjud. Filmlar faqatgina Lifetime subyektiv qarashlariga asoslanib tanlangan.

TOP 10 FILMLAR:
Sharqiy ekspressdagi qotillik (Убийство в восточном экспрессе/Murder on the Orient Express) 

DRAMA, KRIMINAL, DETEKTIV — AQSH, 2017

IMDb: 6.7/10 | Kinopoisk: 6.8/10

sharqiy ekspress lifetime

Londonga ketayotgan poyezdda qotillik sodir bo’lganidan so’ng, barcha 13 yo’lovchi, tengi yo’q izquvar Puaroning shubhasi ostida qoladi. Qor ko’chkisi tufayli to’xtab qolgan poyezdda vahima uyg’onadi va sirli hodisalar sodir bo’la boshlaydi. Filmda Penelopa Kruz, Jonni Depp va Mishel Fayfer kabi mashhur aktyorlarni ko’rishingiz mumkin.

Treyler:

Tor 3: Ragnarok (Тор 3: Рагнарек/Thor: Ragnarok)

FANTASTIKA, JANGARI, SARGUZASHT — AQSH, 2017

IMDb: 8/10 | Kinopoisk: 7.6/10

tor 3 Ragnarok lifetime

Cheksizlik toshi ovchisi bo’lgan sirli dushmanni izlab Asgardga qaytgan Tor, Asgardni egallab olgan ukasi Lokining, xatti-harakatlari undanda qo’rqinchiliroq oqibatlarga olib kelganining guvohi bo’ladi.

Yer sayyorasi: Bir ajoyib kun (Земля: Один потрясающий день/Earth: One Amazing Day)

OILAVIY, HUJJATLI — BUYUK BRITANIYA, 2017

IMDb: 7.4/10

yer sayyorasi bir ajoyib kun

Sarguzasht film, sayyoramizning cheksiz go’zalligini ko’rsatib beradi. Bir kun davomida, yangi texnologiyalar yordamida ona sayyoramizning rang-barang tabiatini yangi ko’z bilan ko’rasiz.

Женись на мне, чувак (Epouse-moi mon pote) 18+

KOMEDIYA — FRANSIYA, 2017

IMDb: 6/10 | Kinopoisk: 6.4/10

Marokkodan (axir bu Marokash) kelgan talaba uchun Fransiyada qolishning yagona yo’li fransuz qizga uylanish. Ammo bugungi kunda, qizning ko’nglini olish oson ish emas. Shunda ajoyib g’oya paydo bo’ladi. Do’sti soxta tuyga rozi bo’ladi. Ammo, buni migratsiyaga isbot qilish har kimning ham qo’lidan kelmaydi…

Bayramona g’alva (Праздничный переполох/Le sens de la fete)

KOMEDIYA — FRANSIYA, BELGIYA, KANADA, 2017

IMDb: 7.1/10 | Kinopoisk: 6.8/10

1+1 filmi ijodkorlaridan navbatdagi ajoyib komediya.

Labirintda yuguruvchi: O’limga qarshi dori (Бегущий в лабиринте: Лекарство от смерти/Maze Runner: The Death Cure)

FANTASTIKA, JANGARI, TRILLER — AQSH, 2018

IMDb: 7/10 | Kinopoisk: 6.3/10

бегущий в лабиринте

Tomas, so’nggi va eng xavfli missiyani bajarish uchun, omon qolgan gleyderlarga boshchilik qiladi. Do’stlarini qutqarish uchun, dushmanning bosh qarorgohiga kirishlari kerak…

Yolg’iz yo’lovchi (Одинокий ездок/Singgeul raideo)

DRAMA — JANUBIY KOREA(KOREYA), AVSTRALIYA, 2017

IMDb: 6.6/10 

yolg'iz yo'lovchi

Nufuzli korporatsiyada ishlovchi Kan Je-hun, yorqin kelajak maqsadida farzandini Avstraliyadagi maktabga yuboradi. Shundan beri u rafiqasi va farzandini faqat internet orqali ko’rgan. Odatiy kunlardan birida u ishlaydigan korporatsiya bankrot bo’ladi va Je-hun Avstraliyaga qochib ketadi. Ammo, u haqiqatdan ham ketganmidi…?

Maxfiy fayl (Секретное досье/The post)

TRILLER, DRAMA, BIOGRAFIYA, TARIX — AQSH, 2017

IMDb: 7.4/10 | Kinopoisk: 6.4/10

maxfiy fayl

‘Washington Post’ning birinchi ayol noshiri Ketrin Grem va muharrir Ben Bredli haqidagi film. Ular davlat sirlarini ochish uchun ‘Nyu York Tayms’ bilan kim o’zarga tushishadi. Stiven Spilberg, Tom Henks va Meril Strip filmlarini sog’inganmidingiz?!

Xorijlik (Иностранец/The Foreigner)

JANGARI, TRILLER, DRAMA — AQSH, XITOY, BUYUK BRITANIYA, 2017

IMDb: 7.1/10 | Kinopoisk: 7.1/10

xorijlik jeki chan

Yakkayu-yolg’iz farzanddan judo bo’lish naqadar og’ir. Agar hukumatdagilar bu vaziyatga befarqlik bilan qarashsachi? Tsuang (Jeki Chan) shunday holatga duch keladi va yovuzlardan qasos olishga qaror qiladi.

Kloverfild paradoksi (Парадокс Кловерфилда/The Cloverfield Paradox)

QO’RQINCHLI,  FANTASTIK, TRILLER, DETEKTIV — AQSH, 2018

IMDb: 6.9/10 | Kinopoisk: 6.1/10

Yer yuzida urush boshlanish arafasida turgan vaqtda, uning orbitasida olimlar guruhi energiya tanqisligini hal etuvchi moslamani sinovdan o’tkazishmoqda. Ammo qurilmani noto’g’ri ishlatish natijasida, parallel dunyoga tushib qolishadi…

Bonus:
Bryus Li: Ajdarning tug’ilishi (Брюс Ли: Рождение дракона/Birth of the Dragon)

JANGARI, DRAMA, BIOGRAFIYA — XITOY, KANADA, AQSH, 2016

IMDb: 4.9/10 | Kinopoisk: 6.1/10

Bryus Li haqida ishlangan filmlarning eng yaxshilaridan biri.

TO’LIQ FILM:

Lifetime — make your life better!