TELEVIZORNI KAMINGA AYLANTIRISHNI BILASIZMI

Uyida kamin o’rnatishga har kimning ham qurbi yetmaydi. Ammo hammaning uyida televizor bor. Ishdan yoki izg’irin sovuqdan kelganingizda, issiqina qahva bilan kamin oldida o’tirib dam olishga nima yetsin 🙂 Lifetime qanday qilib televizor yoki monitorni kaminga aylantirishni o’rgatadi.

televizordan kamin

Yuqori sifatli, maxsus, kaminda yonayotgan o’tinlar videolari xonadoningizga iliqlik va yaxshi kayfiyat olib kiradi. Shuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, agar televizoringiz LED yoki plazmali bo’lsa, bemalol haqiqiy kaminning o’rnini bosa oladi. Agar kechqurun, chiroqlarni o’chirib, videoni qo’yib qo’ysangiz ayni muddao!

SOKIN, YONAYOTGAN O’TINLARNING «CHARSILLAGAN» OVOZI ESHITILIB TURADIGAN VIDEO

YANGI YILGA MOSLAB BEZATILGAN KAMIN

Videolar bilan tanishib chiqib, TubeMate dasturini yuklab olishingiz yoki Youtubedan videolarni qanday yuklab olish haqidagi maqolamizni o’qing>

Lifetime — make your life better!