Lifetime

TELEFONINGIZ «HACK»(VZLOM) QILINGANINING 5 BELGISI

Bugungi kunda, ishonchli va xavfsiz sistema mavjud emas. Oz bo’lsa-da, himoyalanish uchun, qanday «vzlom qilish» mumkinligi, buni qanday aniqlash mumkinligi va albatta qanday himoyalanish mumkinligini o’rganib chiqamiz.

QANDAY QILIB «VZLOM» QILISHLARI MUMKIN

  • Eng oson yo’li — telefoningizni bir necha daqiqaga qo’lga kiritib, Spy Phone, spyzie va spyera programmalarini o’rnatish orqali.
  • Kafe, aeroport kabi jamoat joylaridagi WiFi orqali. Bunday wifi ga ulanish orqali, siz, shifrlanmagan trafikingizni «ochiq» qoldirasiz.
  • Telefoningizni notanish USB portiga ulash orqali. (xoh samolyot, xoh avtomobil bo’lsin) Telefoningiz faqat quvvat olibgina qolmay, barcha ma’lumotlaringizni «yovuz maqsadli»lar qo’liga topshirib qo’yishingiz hech gap emas.
  • SMS — «fishing». Telefoningizga bank, aloqa operatorlari va h.k.dan qalbaki sms yuborishadi. Odatda, smsda web manzil ko’rsatilgan bo’lib, shu manzilga o’tish so’raladi. Manzilga o’tishingiz bilan telefoningiz «kaliti»ni topshirgan bo’lasiz.
  • SS7 signal protokoli orqali. Dunyoning ko’p telefon stanciyalarida ishlatiladi va «yovuz niyatlilar» tomonidan ishlatilishi mumkin. Ammo bu usul mashaqqatliroq bo’lgani uchun, agar siz «mashhur persona» bo’lmasangiz, havotirga o’rin yo’q.

BELGILARI

  1. Telefon quvvati tez tugashni boshlaydi(*eski telefonlar bundan mustasno:) ). Sababi yuqorida tilga olinganidek, «ayg’oqchi» programma ishga tushirilgan bo’lishi mumkin.
  2. Telefon qizishni boshlaydi. Quvvat olayotganida yoki ishlatayotganingizda emas, «tinch» holatda turganda qiziydi. Bu ham yashirin programma ishlayotganidan dalolat.
  3. Telefon o’z-o’zidan o’chib-yonsa, raqam tersa, programmalarni ochsa va h.k. Telefoningiz boshqaruvi begonalar qo’liga o’tganidan dalolat. Bu holda ham eskirgan telefonlar hisobga kirmaydi.
  4. O’z-o’zidan begona raqamlar paydo bo’ladi.
  5. Telefonda gaplashayotganingizda uzilishlar paydo bo’lsa(har doim aloqa yaxshi bo’lgan joyda) yoki suhbatdoshingiz «ovoz balandlagich»(громкоговоритель) ni yoqmagan bo’lsa-da, aks sado keladi.

QANDAY HIMOYALANISH KERAK

  • Shubhali raqamdan falon manzilga o’ting qabilida sma kelsa, tinchgina smsni o’chirib tashlang.
  • Telefoningizni notanish USB portga ulaganingizda, «faqat quvvat olish»(only charge) ni tanlang.
  • Iloji boricha, «parolni saqlash» funkciyasidan foydalanmang.
  • Begona va jamoat joylaridagi wifi dan foydalanganingizda, maxsus himoya programmalaridan foydalaning(agar bu haqida maqola yozishimni xohlasangiz izoh qoldiring).
  • Elektron to’lovlarni begona wifi dan ulanib amalga oshirmang.
  • Va albatta telefoningizga parol qo’ying :).

 

Пролистать наверх