Samsung Dex smartfonlarni kompyuterga aylantiradi. Buning uchun Samsung smartfonini Dex’ga ulash kifoya. Yangilangan Dex endi S9 smartfonlarini nafaqat kompyuterga, balki trekpadga ham aylantiradi.

dex pad
cnet.com

Agar Samsung Dex haqida eshitmagan bo’lsangiz, qisqacha ma’lumot berib o’taman.

Samsung Dex bir yil oldin chiqarilgan bo’lib, Samsung smartfonlarini to’laqonli kompyuterga aylantirish uchun mo’ljallangan. Buning uchun sizga, monitor yoki televizor, klaviatura va sichqoncha kerak bo’ladi. Ya’ni smartfoningiz Dex yordamida, kompyuter protsessori o’rnini bosadi. Bu judayam qulay, shunday emasmi?

Hozirgi televizorlarga Dex’ni ulash mumkinligini inobatga olsak, monitor xarid qilishingiz ham shart emas! Yagona kamchiligi Android sistemasida ishlaydi. Garchi asosiy programmalar kompyuter ko’rinishiga moslashtirilgan bo’lsa-da, baribir Windows o’rnini bosa olmaydi.

Yangi Dex, Samsung Dex Pad nomini oldi. Endi Samsung smartfonini nafaqat kompyuter balki trekpad o’rnida ham ishlatishingiz mumkin. Trekpad nima deysizmi?

Trekpad
macworld.co.uk

Trekpad noutbuklarda sichqonchaning o’rnini bosishi uchun o’ylab topilgan.

Dex pad
cnet.com

Endi sizga sichqoncha kerak bo’lmaydi. Bu texnologiyaning rivojlanishi kishini quvontiradi. Balki yana bir necha yildan keyin klaviatura ham kerak bo’lmas.

Dex pad
cnet.com

Aslida, bir qarashda oddiy kompyuterdan farqlay olmaysiz. Ko’rinishi qaysidir ma’noda Windows 10 yoki MacOS sistemalarini eslatib yuboradi. Yagona farqi, Windows’dagi programmalar Dex’ga tushmaydi. Ammo barcha zarur programmalar Androidda ham borligini unutmaslik kerak.

dex pad

Bu texnologiya to’xtab qolmasligi va yanada rivojlantirilishiga umid qilamiz.