Vodafone va Nokia oyda to’rtinchi avlod tarmog’ini ishga tushiradi. 2019 – yilda, PTScientists nemis firmasi, Audi tomonidan ishlab chiqarilgan 2 ta oyda yuruvchi (луноход) apparatini oyga yuboradi. O’zaro aloqa uchun arzon va tejamkor aloqa vositasi zarur. Vodafone bu ishni o’z zimmasiga oldi. Ular tomonidan 4G aloqasidan foydalanish imkonini beradigan, og’irligi salkam bir kilogram maxsus uskuna yaratildi.

Bu texnologiya, oy yuzini HD sifatida suratga olib, videoni yerga yuborish imkonini beradi. Ilk bor oyni HD sifatida ko’rishga muvaffaq bo’lamiz.