Shvetsiyalik rassom Peder Norbi tomonidan yuklangan video shov-shuvlarga sabab bo’lmoqda. Videoda Iphone X ekranida uch o’lchovlik chuqurlikni ko’rish mumkin.

Norbi video montaj qilinmaganini va buni Parallax View programmasi yordamida amalga oshirish mumkinligini aytmoqda.

Muallif bu effektni yaratishda, Apple tomonidan ishlab chiqarilgan ARKit‘dan foydalangan. Iphone X’da mavjud AR (to’ldirilgan reallik), old tomondagi datchiklar yordamida ko’z harakatiga qarab tasvirni moslaydi va shu tariqa optik illuziya hosil bo’ladi.

Parallax View programmasi App Store’da mavjud. Iphone X yordamida o’zingiz ham sinab ko’rishingiz mumkin.

Parallax View – Yuklab olish

Manba: https://www.thisisinsider.com/iphone-x-optical-illusion-2018-3