TechCrunch Instagram yashirin kodlari orasida, ovozli va video qo’ng’iroqlar belgilarini aniqladi. Odatda, yashirin funksiyalar sinovlardan muvaffaqiyatli o’tganidan keyin joriy qilinadi.

Instagram imkoniyatlarini borgan sari kengaytirib bormoqda. Agar Instagram haqiqatdan ham qo’ng’iroqlar funksiyasini joriy qilsa, snapchat kabi raqobatchilariga jiddiy zarba bo’ladi. Snapchat shundog’am kundan-kunga o’z obro’si va foydalanuvchilarini yo’qotmoqda.

Instagram hozircha TC aniqlagan ma’lumotga munosabat bildirmadi.

Bu funksiya Instagram haqidagi tasavvurni butkul o’zgartirib yuborishi mumkin. Hozirgacha Instagram faqat do’stlaringiz yoki o’zgalar hayotiga oid suratlar va qisqa videolardan iborat bo’lgan bo’lsa, endi messenjer vazifasini ham bajarishi mumkin. Endi qo’ng’iroqlar uchun boshqa programmaga o’tishingiz kerak bo’lmaydi. Bu albatta qulay, Instagram yangi funksiyani tezroq joriy qilishini kutib qolamiz.