«SUV KABI BO’LING» — BRYUS LI

Bryus Li nafaqat jang san’ati ustasi va kino yulduz, balki faylasuf ham bo’lgan. Undagi quvvat barchaga zavq bag’ishlagan. Bryus Lining maslahatlari sizga ham asqotishi mumkin. Bryus Li haqida siz bilmagan ma’lumotlar.

1. Ruhiy chidamlilikni oshiring

Nimalarda qiyinchilikka duch kelayotganingizni aniqlang. Ularni yozib boring va o’zingizni koyimang. Oldinga intilishda davom etib, kichik g’alabalardan ham xursand bo’ling.

«Dardimga davo doimo ichimda bo’lgan ammo men bunga e’tibor bermaganman. Endi tushunmoqdamanki, toki sham, kabi o’zim o’z yoqilg’im bo’lmas ekanman, yorug’likka yetisholmayman» — Bryus Li.

2. Suv kabi bo’ling.

Bu Bryus Lining eng mashhur citatasi. Bu g’oyaning negizi, qadimiy xitoy faylasuflik ta’limoti — daosizmga borib taqaladi. Agar suv kabi bo’lsangiz, istalgan shaklga ega bo’la olasiz va to’siqlarni osonlik bilan yengib o’tasiz. Tanqid eshitsangiz, yoki to’siqlarga duch kelsangiz «qotib qolmang». Suv toshlardan oqib o’tib ketganidek, siz ham to’siqlardan «oqib» o’tib keting.

«Keraksiz o’y-hayollardan halos bo’ling. Suv kabi shaklsiz bo’ling. Suvni finjonga quysangiz, u finjon shaklini oladi. Choynakka quyganingizda, choynak shaklini oladi. Suv oqishi va yakson qilishi mumkin. Suv kabi bo’ling, do’stim» — Bryus Li.

3. Hech qachon qayg’uga tushmang

«Yashil qovog’ari» va Hong Kongda olingan filmlar oralig’idagi davr Bryus Li uchun mashaqqatli kechgan. Holivuddan takliflar tushmagan. Qolaversa belidan ham jarohat olgandi. Shifokorlar, uning jang san’ati bilan shug’ullanishi u yoqda tursin, yura olishi ham dargumon, degan fikrga kelishadi. Ammo u taslim bo’lmaydi va bor kuchi va e’tiborini tiklanishga sarflaydi.

4. Bosh maqsadingizni aniqlashtirib oling

1969 — yili Bryus Li, qaysi yo’nalishda rivojlanishini eslatib turishi uchun, «Mening aniq bosh maqsadim» deb nomlangan qaydni yozib qo’yadi.

«Men, Bryus Li, Amerikadagi yuqori maosh oladigan sharqlik, birinchi superyulduz bo’laman. Mashhurlikka erishib, 10 million dollarlik kapitalga ega bo’laman. Ichki xotirjamlik va baxtga erishib, o’zim xohlagandek yashay olaman» — Bryus Li.

5. O’z yo’lingizni tanlang

1964-yili San-Fransiskodagi an’anaviy kung-fu tarafdorlari, Bryus Lini yakkama-yakka jangga chaqirishadi. Ular, Bryus Lining kung-funi qay uslubda o’rgatayotganidan norozi edilar. Agar u mag’lub bo’lsa, Oklenddagi maktabini yopishi kerak edi. Li rozilik beradi va 3 daqiqadayoq raqibini yengadi.

U g’olib chiqqan bo’lsa-da, o’zidan ko’ngli to’lmagandi. Li raqibini 1 daqiqadayoq mag’lub etmoqchi bo’ladi. Ammo raqibining xona bo’ylab aylanib jang qilgani sababli maqsadiga erisholmaydi. Klassik kung-fu (vin-chun) haqiqiy jangga tayyorlamaydi deb hisoblardi. Shu sababli, Li o’z jang uslubini (Jit Kun-do) shakllantiradi. Klassik kung-fu ning ba’zi elementlaridan voz kechib, o’ziga mos uslublarni ishlab chiqadi.

«Keraklilarini shakllantirib, keraksizlaridan esa xalos bo’lish va o’zingizga tog’ri keladiganini qo’shish kerak» — Bryus Li.

6. O’zgalarni hurmat qiling

Bryus irqi va kelib chiqishadigan qat’iy nazar, barchaga birdek dars bergan.  U barcha bir oila ekanligiga ishongan. Garchan, Holivudda o’ziga nisbatan kamsitish va ajratishlarga duch kelgan bo’lsa-da (unga, hech bir osiyolik televideniyaga chiqmaydi deyishgan), o’zgarmagan.