Lifetime

SPACEX GLOBAL INTERNETI BEPUL(MI)?

lifetime.uz

Yaqinda Falkon 9 raketasi yordamida, yer orbitasiga 2 ta internet tarqatuvchi sun’iy yo’ldosh olib chiqildi. O’zbekiston saytlarida, endi internet tekin bo’larkan qabilidagi gaplar urchidi. Haqiqatdan ham shundaymi?

SpaceX
SpaceX

22 — fevral kuni Falkon 9 , Tesla Roadster, PAZ nomli Ispaniya sun’iy yo’ldoshi va Microsat 2a, Microsat 2b sun’iy yo’ldoshlarini yer orbitasiga olib chiqdi.

So’nggi ikkita yo’ldosh SpaceX tomonidan, global internetni yo’lga qo’yish uchun ishlab chiqarilgan. SpaceX va’da berishicha, global internet yordamida, butun yer sayyorasini internet bilan ta’minlash mumkin. Lekin, shunaqa sun’iy yo’ldoshlardan yana 12 mingtasini orbitaga olib chiqish kerak bo’ladi. Hozircha bor-yo’g’i ikkitasi olib chiqildi.

Wall Street Journal 2017 — yilda, SpaceX’ning ichki moliyaviy xujjatlarini o’rganib chiqdi. Xujjatlarda yozilishicha, ularning Starlink loyihasidan umidlari katta. Bu aynan o’sha global internet sun’iy yo’ldoshlari loyihasi. Ularning tahminicha, abonentlar soni 40 millionga yetadi va 2025 — yilga kelib, 30 milliard foyda keltiradi. Nima? Qanaqasiga? Axir bizga bepul deb aytishdiku?! Shoshilmang, barchasi haqida batafsil ma’lumot beramiz.

2018 — yilda SpaceX mavjud sun’iy yo’ldoshlar yordamida internetni sinab ko’radi. Barchasi ko’ngildagidek bo’lsa, 2019 — yilda birinchi bosqichga o’tiladi. 2020 — 2021 — yillarga kelib, sun’iy yo’ldoshlar soni 800 taga yetkariladi. Bu butun AQShni internet bilan ta’minlashga yetadi. 2024 — yilda, sun’iy yo’ldoshlar soni 4415 taga yetadi va 1110-1325 km.balandlikka joylashtiriladi.

Ikkinchi bosqichda, 7518 ta sun’iy yo’ldosh olib chiqilishi rejalashtirilgan.

Global internet
Sun’iy yo’ldoshlarning tahminiy joylashuvi

«Barcha ish yakunlangandan so’ng, har bir foydalanuvchini 1 gbit/s tezlikda internet bilan ta’minlay olamiz»

— SpaceX

Foydalanuvchilar internetga kira olishi uchun, yer yuzi bo’ylab, terminallar o’rnatiladi.

TO’SIQLAR
To'siqlar
The Revenant

Bu g’oyani amalga oshirish uchun, Google va Fidelity Investments 1 milliard dollar topshirgan. Loyiha amalga oshishi uchun esa 10 milliard dollar kerak bo’ladi.

Mask uning global interneti analoglardan bir muncha arzon bo’lishini aytgan. Antimonopoliyachilar bunga indamay qarab turisharmikan? Sababi, dunyoning istalgan joyida ishlaydigan, arzon internet har qanday raqobatchilarini sindiradi.

Sun’iy yo’ldoshlarni o’rnatish uchun hukumatlar ruxsat berishi ham so’roq ostida… AQSh va Yevropa davlatlari qo’llab-quvvatlashi mumkin. Ammo, Rossiyaga o’xshash paranoik va har qanday o’zgarishni, insoniyatga qarshi qurol deya qabul qiluvchi davlatlar bunga ruxsat berishi amri mahol.

X files
X files

Ilon Mask va uning jamoasi, imkoni yo’q ishlarni amalga oshirdi. Bu ishda unga faqat omad tilab qolamiz.

Manbalar: The VergeThe Wall Street JournalSpaceNewsFEDERAL COMMUNICATIONS COMMISSION

Пролистать наверх