Lifetime

ROMANOVICHDAN MAZALI TOVUQ PISHIRISH RETSEPTI

Tovuq pishirish

Mol va qo’y go’shtiga o’rgangan xalqimiz, tovuq go’shtini u qadar mazali hisoblamaydi. Bu retsept yordamida, mol go’shtidan qolishmaydigan, mazali tovuq pishirish mumkin. Oddiy, oson va mazali!

Kerakli masalliqlar: Grechka, 1-2 kg. tovuq go’shti (iloji boricha tovuq oyoqchalari), suyurtirilgan (плавленный) pishloq, mayonez, saryog’, ziravorlar va tuz.

Tayyorlash: tovuq go’shtini yaxshilab yuvib, tuz va ziravorlar sepib yaxshilab aralashtiring (qo’l bilan ishqalab). Keyin mayonez bilan xuddi shu tarzda aralashtiring.

Tovuq pishirish

Aralashtirib bo’lgach, 30 minutga (daqiqa emas?) muzlatgichga qo’ying.

Duxovkani 200° da 10 minut qizitamiz. Keyin tovuq go’shtini qo’yib, 40 minut 190° da pishiramiz.

Tovuq pishirish

Tovuq pishirish

Grechkani pishirish: Grechkani yaxshilab yuving. Necha kishiligiga qarab idish oling va grechkani soling. Grechkadan 1,5-2 sm. balandlikda qaynoq suv solamiz va qopqoq bilan yopamiz. Qopqoq mahkam yopilishi kerak. Grechka 20 minutda tayyor bo’ladi. Tayyor bo’lganidan keyin suvini to’kib, 100-200 gr. saryog’ soling va qopqoqni yoping.

40 minutdan keyin tovuqni duxovkadan oling. Pishganda qizg’ish tillarang tusga kiradi:

Tovuq pishirish

Tovuq pishirish

Likopchaga tovuq go’shti, grechka va pishloqni solib tanovul qiling.

Muallif: Sergey Romanovich

Пролистать наверх