QIZ (YIGIT) SIZNI SEVISHINING 5 BELGISI

Shunday vaziyatlar bo’ladiki, ma’lum bir inson, sevadimi yoki yo’qmi bilolmaysiz. Ammo, psixologlar fikricha, quyidagi 5 ta belgi yordamida, sevish yoki sevmasligini aniqlasa bo’ladi.

QIZ (YIGIT) SIZNI SEVISHINING 5 BELGISI

Sevadimi yo'qmi
wikihow.com
Bu foydali!

Inson sevib qolganida, o’zini g’alati va beo’xshov tutadi. O’zida ishonchsizlik va hayajon his qiladi.

1. TEZ-TEZ QO’NG’IROQ QILADI VA SMS YOZADI

Sizga kun davomadi qo’ng’iroq qiladi va har qanday holat va vaqtda ham sms yozishni esdan chiqarmaydi. Odatda, so’zlashuvda hech qanday ma’no yoki zarur gap bo’lmaydi. Shunchaki, kayfiyatingiz, nima qilayotganingiz bilan qiziqadi va ko’proq suhbatlashishga harakat qiladi.

Tez-tez qo'ng'iroq qiladi
howcast.com
2. TASHQI KO’RINISH

Tashqi ko’rinishi o’zgaradi va o’ziga e’tibor berishni boshlaydi. Avvalari  bir ahvol, oddiy holda yurgan bo’lsa, chiroyli soch turmagi, kiyim va yoqimli hid kelishiga harakat qiladi.

Tashqi ko'rinishi o'zgaradi
blog.3metrix.ru
3. O’ZINI G’ALATI TUTADI

Sevib qolgan o’zini g’alati tutadi. O’zini tutishi odatdagidan farq qilishi mumkin. Misol uchun, sokin odam xushchaqchaq va ta’sirchan bo’lib qolishi, aksincha xushchaqchaq odam vazmin va jiddiyga aylanishi mumkin.

4. SIZNI YOQTIRADIGAN MAVZULAR HAQIDA GAPIRADI

Agar, suhbatdoshingiz siz yoqtirgan mavzular haqida gapirsa, unga nisbatan «simpatiya» paydo bo’ladi. Agar suhbatdoshingiz shu usulni qo’llayotgan bo’lsa, bilingki, u sizga yoqishga harakat qilyapti.

Yoqishga harakat qiladi
huffingtonpost.com
5. G’AMXO’RLIK VA E’TIBOR

Inson sevgani haqida har soniya o’ylaydi. Sevgani haqida qayg’urishga va g’amxo’rlik qilishga harakat qiladi. Sizni yanada yaxshiroq bilishga urinadi va siz haqingizdagi barcha ma’lumotlarni bor e’tibori bilan tinglaydi.

G'amxo'rlik va e'tibor
blog.bestbuy.ca

Bu 5 belgi yordamida, nafaqat o’zgalar, balki o’zingiz ham sevish yoki sevmasligingizni aniqlasa bo’ladi. Lekin shuni ham unutmangki, bu har doim ham to’g’ri kelmasligi mumkin. Siz, inson yoki do’st sifatida yoqishingiz mumkin.

Lifetime — make your life better!