QANDAY QILIB BANKKA BORMASDAN OSON VA ARZON MASTERCARD OLISH MUMKIN

O’zbekistonda plastik karta olish uchun bankka borish, navbatda turish, hujjat yig’ish kerak. Buning ustiga, «world mastercard» juda ham qimmat va yillik abonent to’lovi mavjud. Lifetime qanday qilib bankka bormasdan oson va arzon MasterCard olish mumkinligini ko’rsatadi.

MasterCard olish

Bunday vaziyatda Yandex.Dengining MasterCard plastik kartasi yordamga keladi. Nima uchun aynan Yandex MasterCard?

  • Yandex.Dengi, MasterCard bilan rasman hamkorlik qiladi va butun dunyoda qabul qilinadi. Shuningdek,  internet do’konlarida ham.
  • O’zbekiston hududida naqd pul yechib olish mumkin.
  • Bankka bormasdan olish mumkin. Pochta orqali uyingizga yetkazib beriladi.
  • Kontaktsiz to’lov mavjud. Ya’ni bunday terminal bor joylarda plastik kartangizni, terminalga tiqib pin-kod terib o’tirishingiz shart emas. Kartani terminalga yaqin tutish kifoya. Shuningdek, karta yoningizda bo’lmasa, Yandex.Dengining programmasi orqali to’lovni amalga oshirish mumkin.
  • Yandex hamyon (Яндекс кошелек) va MasterCard kartasi birlashtirilgan bo’lib, internet pullarni yandex hamyonga o’tkarib, yechib olishingiz yoki dunyoning istalgan nuqtasidagi do’konda ishlatishingiz mumkin.
  • Yandex ning MasterCard plastik kartasi juda ham arzon. Barcha xarajatlarni hisoblaganda (3 yillik abonent to’lovi bilan birga), ko’pi bilan 150.000 so’m.
  • Qulay, zamonaviy va chiroyli dizaynga ega va h.k.

Yandex MasterCard

Barchasi tushunarli, ammo qanday qilib buyurtma berish va hisobini to’ldirish mumkin deysizmi? Quyida batafsil tushuntirib beramiz.

BUYURTMA BERISH

1. Agar Yandexda ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, ro’yxatdan o’ting>

Ro’yxatdan o’tish juda ham oson. Agar vaqtni tejashni xohlasangiz, facebook, odnoklassniki yordamida ham ro’yxatdan o’tish mumkin.

2. Ro’yxatdan o’tgandan so’ng, MasterCard buyurtma bering>

Diqqat! MasterCard buyurtma berishda to’ldiradigan barcha ma’lumotlarni biror joyga yozib qo’ying. Keyinchalik kerak bo’ladi.

Buyurtma berish 200rubl. Buyurtma berish uchun elektron hamyon (webmoney va h.k.) yoki mastercard/visa kartasi kerak bo’ladi. Agar Rossiyada tanishingiz bo’lsa, telefon orqali to’lash imkoni ham mavjud.

Plastik kartani ko’pi bilan 2 haftada olasiz. Kartani olgandan keyin, shaxsingizni tasdiqlash kerak bo’ladi.

Toshkent shahrida Yandex.Dengining agentligi mavjud. Agentlikka borib, yoki pochta orqali (taksi) xujjatlarni jo’natish mumkin. Tahminan 80.000 so’mlik to’lov mavjud (qimmatroq bo’lishi ham mumkin). Tel.: +998 99 895 03 75.

HISOBNI TO’LDIRISH

Aslida bu haqida ancha oldin yozmoqchi edik. Ammo, O’zbekiston hududida hisobni to’ldirish imkoni yo’qligi tufayli ortga surib kelayotgandik.

Yurtboshimiz sa’y-harakatlari tufayli, yangi imkoniyatlar paydo bo’lmoqda. O’tgan yili, OSON to’lov tizimi o’z faoliyatini boshladi. Boshqa to’lov tizimlaridan farqli ravishda, to’lov imkoniyati ancha keng bo’lib, chet el servislari uchun ham to’lovni amalga oshirish mumkin. OSON to’lov tizimi birinchilardan bo’lib, Qiwi’, ‘Webmoney’ kabi internet hamyonlar bilan bir qatorda Yandex MasterCard hisobini to’ldirishni joriy qildi. Bu uchun ularga alohida tashakkur!

Oson — Android  |  IOS

XULOSA

Agar banklardan Visa/MasterCard oladigan bo’lsangiz, bu sizga o’rtacha 500.000 so’mga tushadi. Shuningdek, yillik to’lov ham mavjud. Yandex MasterCard dagi kabi zamonaviy imkoniyatlar mavjud emas. Naqd pul yechib olish ham so’roq ostida…

Siz esa, ko’pi bilan 150.000 so’m evaziga chiroyli, zamonaviy, butun dunyoda qabul qilinadigan, karta o’zingizda bo’lmasa ham programma orqali to’lovni amalga oshirish mumkin bo’lgan kartani qo’lga kiritishingiz mumkin.