MWC 2018: RAMKASIZ VIVO APEX

Vivo Apex ekrani old panelning 98%ini egallaydi. Hattoki eng ramkasiz (hoshiya) Xiaomi Mi Mix old panelning 82%ini, Iphone X sal kam 82%ini egallaydi.

So’nggi vaqtlarda ramkasiz telefonlar urfga kirmoqda. Vivo Apex 6 dyuymlik, 2160 × 1080 px.o’lchamli OLED ekranga ega bo’ldi.

Vivo Apex

Ekran deyarli butun old panelni egallagani uchun old kameraga joy qolmadi. Shu sababli, kamera korpusni ichiga yashirildi va kamera ishga tushganda chiqadi. Biroz g’alatiroq qaror, ammo na iloj?!

Vivo Apex

Mikrofonga ham joy qolmaganligi sababli, ovoz «vibratsiya» orqali yetkaziladi. Bu texnologiya Xiaomi Mi Mix’da ham mavjud va ovoz sifati a’lo darajada.

Vivo Apex haqidagi ma’lumotlar hozircha shular. Smartfonning texnik xususiyatlari va qachon sotuvga chiqishi hozircha noma’lum.

Manba: Cnet