Lifetime

MWC 2018: QAYSI SMARTFONLAR NAMOYISH QILINADI

MWC (Mobile World Congress) — mobil aloqa operatorlari, ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va OAV vakillari ishtirokidagi, Barselona shahrida o’tadigan dunyodagi eng katta ko’rgazmalardan biri. MWC 2018’da qaysi smartfonlar namoyish qilinadi?

5G

Qualcomm kompaniyasi, 26 — fevral kuni, MWC 2018 ko’rgazmasida, 5G’ni test rejimida namoyish qiladi.

SAMSUNG

Samsung MWC 2018 ko’rgazmasida, Galaxy S9 va S9+ smartfonlarini namoyish qiladi. Har doimgidek, smartfonlar haqidagi deyarli barcha ma’lumotlar chiqib bo’ldi.

Galaxy S9 va S9+, S8’ning takomillashtirilgan va yangilangan varianti. S9+ farqli ravishda, ikkita kameraga ega bo’ladi. Bunisi ancha qiziq. Agar mish-mishlar rost bo’lib chiqsa, yangi smartfonlarda Iphone X’dagi yuz skaneri va jonli emojilarni ko’ramiz.

Shaxsan o’zim Samsung Dex’ning takomillashtirilgan variantini kutyapman. Dex nimaligini bilmasangiz, bu shunday ajoyib qurilmaki, sizning Samsung smartfoningizni kompyuterga aylantira oladi (faqat so’nggi modellarni). Samsung VR ham balki jonlanar.

S9

SONY

Sony Xperia XZ Pro bilan lol qoldirmoqchi. Hozirda texnik xususiyatlari zerikarli, 5,7 dyuymlik 4K Oled ekran, 6 GB operativ xotira va Snapdragon 845 protsessori. Lekin MWC ko’rgazmasida, Sony doim nimasi bilandir hayron qoldirib keladi. O’tgan yilgi kamerasi esingizda bo’lsa kerak?!

Shuningdek, XZ2 va XZ2 Compact modellarini ham namoyish qiladi. Ammo, bu modellar haqida tayinli ma’lumotlar yo’q.

Sony mwc 2018

NOKIA

Hali smartfonlar olamiga qaytganiga ko’p bo’lmagan Nokia, MWC 2018 ko’rgazmasiga, boy zaxirasi bilan tashrif buyuradi.

Arzon va sodda bo’lgan, Android Go sistemasida ishlaydigan Nokia 1, kamtaringina Nokia 4. Ikkita kamerali va 18:9 xajmidagi katta ekranli Nokia 7 plyus.

Shuningdek, Snapdragon 835 protsessori, 128 GB asosiy xotira, 13 va 12 mpx’lik ikkita kamera va 5,5 dyuymlik QHD Oled ekraniga ega Nokia 9 namoyish qilinadi. Nokia 8’ning takomillashtirilgan Nokia 8 Sirocco’ni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.

Nokia 8 mwc

HUAWEI

Afsuski, Huawei p11’ni martda Parijda namoyish qiladi. Huawei MateBook noutbuklari va MediaPad M5 planshetini namoyish qilishi mumkin. Planshet Kirin 960 protsessori, 4 Gb operativ xotira va 8,4 dyuymlik QHD ekranga ega.

Ochig’i Xitoyliklarning har bir yangiligiga qiziquvchi sifatida, Huawei o’zining asosiy smartfonini olib kelmasligi achinarli.

LG

LG kompaniyasida ahvol bundan ham battar. Ular nafaqat LG G7’ni olib kelmaydi, hali kelajakdagi rejalarini ham aniq bilishmaydi. Buning o’rniga, V30 davomchisi bo’lmish qiziqarli va tushunarsiz modelni taqdim etadi. Yangi modelda, ularning aytishi bo’yicha sun’iy aqlning imkoniyatlaridan bahramand bo’lish mumkin.

LG sifatli smartfonlar ishlab chiqaradi. Ammo har safar nimadir yetishmay qoladi. Bu safar bunday bo’lmaydi deb umid qilamiz.

LG v30 mwc

LENOVO

Lenovo bu safar Motorola smartfonlarini namoyish qiladi. Bular Motorola G6, G6 Plus va G6 Play. Hozircha bu smartfonlar haqida ma’lumotlar yo’q. Ko’ramiz Lenovo bizni hayron qoldira olarmikan.

Motorola mwc

ASUS

Asus bu safar Apple’ga taqlid qilishga qaror qildi. Zenfone 5, 5 Lite va 5 Max smartfonlari Iphone X’ga «ikki tomchi suvdek» o’xshaydi. Buni odamlar qanday qabul qilishi, hozircha noma’lum.

Asus Zenfone 5 mwc

MWC 2018 ko’rgazmasida, bizga ma’lum va noma’lum yana ko’plab yangiliklar bo’ladi. Bularning barchasidan xabardor bo’lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

Пролистать наверх