HomePod aqlli kolonkasi haqida bilsangiz kerak?! HomePod internetga va smartfonga ulana oladi.  Unga SIRI joylangan va ovoz yordamida boshqarish mumkin. HomePod reklamasi, shov-shuvlarga sabab bo’lgan “U” (Her) filmi rejissori Spayk Jonzi tomonidan suratga olindi.

Bosh (va yagona) rolni britaniyalik qo’shiqchi FKA Twigs ijro etgan.

Bosh qahramon yomg’ir ostida ishdan qaytadi va uyga kelib, Siri’dan Anderson Paak qo’shig’ini qo’yishni so’raydi. Bosh qahramon bir xillik joniga tekkan va depressiyaga tushgan qilib ko’rsatilgan. Musiqa yangrashi bilan hayot tashvishlarini unutib, raqs tushishni boshlaydi. O’zini baxtli va tetik his eta boshlaydi.

Klip original va rang-barang tarzda suratga olingan. Qayta va qayta ko’rgingiz keladi. Bundan ajablanmasa ham bo’ladi, Spayk Jonzining barcha kliplari o’ziga xos.

U Daft Punk, Beastie boys, Fatboy slim uchun ham kliplar suratga olgan.