Jumanji

Yanvar – fevral oylarining eng sara filmlari. Filmlar mutaxassislar va tomoshabinlarning fikrlari asosida tanlab olindi. Filmlar 18 yoshga to’lganlar uchun mo’ljallangan (Paddington 2 filmi bundan mustasno).

BREDNING HOLATI (Статус Брэда/Brad’s status)

KOMEDIYA – AQSH, 2017

IMDb: 6.6/10 | Kinopoisk: 6.7/10 | Lifetime: 7.1/10

Bredning holati film

Baxtli bo’lish uchun Bredda hamma narsa bor. Ammo har gal boy va muvaffaqiyatli do’stlarini ko’rganida, o’zini omadsizdek his qiladi. U buning sababini qidira boshlaydi va o’g’li bilan safari davomida javobini anglab yetadi.

JUMANJI: JUNGLIGA XUSH KELIBSIZ (Джуманджи: Зов джунглей/Jumanji: Welcome to the Jungle)

FENTEZI, JANGARI, KOMEDIYA, SARGUZASHT, OILAVIY – AQSH, 2017

IMDb: 7.2/10 | Kinopoisk: 7/10 | Lifetime: 8/10

Jumanji

4 ta maktab o’quvchisi jazolanadi va maktab yerto’lasida eski jurnallarni taxlash topshiriladi. Ulardan biri eski o’yin konsoli topib olib, uynashni taklif qiladi. Ularni bu o’yinda qanday sarguzashtlar kutib turgani hayollariga ham kelmagandi…

TIG’ USTIDA YUGURUVCHI 2049 (Бегущий по лезвию 2049/Blade runner 2049)

FANTASTIKA, TRILLER – AQSH, BUYUK BRITANIYA, KANADA, 2017

IMDb: 8.2/10 | Kinopoisk: 7.6/10 | Lifetime: 7.9/10

Tig' ustida yuguruvchi

O’z vaqtida shuhrat qozongan filmning davomi. Film shu yilgi Oscar taqdirlash marosimida, “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida g’olib bo’ldi.

ADOLAT LIGASI (Лига справедливости/Justice league)

FANTASTIKA, FENTEZI, JANGARI, SARGUZASHT – AQSH, 2017

IMDb: 6.8/10 | Kinopoisk: 6.3 | Lifetime: 6.8/10

adolat ligasi

Supermen vafot etdi. Betmen va Diana Prins (Mo’jizakor ayol) yovuzlikka qarshi turish maqsadida, super qobiliyatga egalardan iborat jamoa tuzishadi. Yer yuzi va insoniyatning kelajagi ularning qo’lida. Ammo Supermensiz bu vazifani uddalay olishadimi?

EBBING, MISSURI CHEGARASIDAGI UCHTA BILBORD (Три билборда на границе Эббинга, Миссури/Three Billboards Outside Ebbing, Missuori)

DRAMA, KRIMINAL, KOMEDIYA – AQSH, BUYUK BRITANIYA, 2017

IMDb: 8.3/10 | Kinopoisk: 8.2/10 | Lifetime: 8/10

Uchta bilbord

Qizining zo’rlab o’ldirilgani va politsiyaning jinoyatchini qidirishga yetarlicha harakat qilmayotgani sababli, Mildred Heys adolat uchun kurashishga qaror qiladi. Jamoatchilik e’tiborini tortish maqsadida, shahar chekkasida 3 ta bilbordni ijaraga oladi va ichidagi gaplarni bilbordlarda aks ettiradi. Film Oscar’ga asosiy da’vogarlardan edi. Filmda bosh rolni ijro etgan aktrisa Frensis MakDormand “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida g’olib bo’ldi.

ASTRAL 4: SO’NGGI KALIT (Астрал 4: Последний ключ/Insidious: The Last Key)

QO’RQINCHLI, TRILLER, DETEKTIV – AQSH, KANADA, 2018

IMDb: 5.8/10 | Kinopoisk: 5.5/10 | Lifetime: 6.2/10

Astral 4

O’liklar bilan so’zlasha oladigan va ularning dunyosiga o’ta oladigan ekstrasens hikoyasi davom etadi. Bu safar narigi dunyodagilar uning uyiga “tashrif buyuradi”.

BIZ TANISHGANIMIZDA (Когда мы познакомились/When we first me)

KOMEDIYA – AQSH, 2018

IMDb: 6.6/10 | Kinopoisk: 6.4/10 | Lifetime: 8.6/10

Biz tanishganimizda

Noy orzuidagi qizni uchratadi va birga ajoyib kechani o’tkazadi. Afsuski, qiz unga faqat do’st ekanligini ma’lum qiladi va ertasigayoq boshqa yigitni uchratib, turmushga chiqadi. Noy tushkunlikka tushib, yana imkoniyat berilganda, barchasi boshqacha bo’lishini o’ziga va’da beradi. Mo’jiza yuz berib, Noy o’tmishga, o’sha kechaga qaytadi, ammo yana o’sha vaziyat yuz beradi. Noy yana va yana o’tmishga qaytadi va har safar qizni qo’ldan chiqaradi. Noy qayerda xatoga yo’l qo’ymoqda?

SUV SHAKLI (Форма воды/The shape of water)

FENTEZI, TRILLER, DRAMA, MELODRAMA, SARGUZASHT – AQSH, KANADA, 2017

IMDb: 7.6/10 | Kinopoisk 7.1

Suv shakli

Oscar mukofotini qo’lga kiritgan film. Bosh qahramon – laboratoriyadagi soqov farrosh qiz. Mayfiy xonada odamga o’xshash noma’lum mavjudot borligini payqaydi va u bilan suhbatlashishni boshlaydi. Ular bir-birini sevib qoladi, ammo mahluq tirik qolishi uchun uning qochishida yordam berishi kerak.

BUYUK SHOUMEN (Величайший Шоумен/The Greatest Showman)

DRAMA, BIOGRAFIYA, MYUZIKL – AQSH, 2017

IMDb: 7.9/10 | Kinopoisk: 7.8/10 | Lifetime: 7.7/10

Buyuk shoumen

Teylor Barnum doim tarixda o’z izini qoldirishni orzu qilgan. Butun dunyo unga qarshidek tuyulgan vaziyatda, o’z orzusini amalga oshirishni maqsad qiladi. Barnum shou-biznes dunyoga kelishiga sabab bo’lgan, sensatsion shouni namoyish qiladi. Film real voqealarga asosan suratga olingan. Bosh rolni ijro etgan Hyu Jekman, bu rolni ancha yillardan buyon orzu qilgan.

PADDINGTON 2 (Приключения Паддингтона 2/Paddington 2)

FENTEZI, KOMEDIYA, OILAVIY – AQSH, BUYUK BRITANIYA, FRANSIYA, 2017

IMDb: 8.1/10 | Kinopoisk: 8.1/10 | Lifetime: 8.5/10

Paddington 2

Quvnoq va mehribon ayiqcha sarguzashtlarining davomi. Bu safar ayiqcha, buvisining tavallud kuniga sovg’a olish uchun pul ishlashi kerak.

STALINNING VAFOTI (Смерть Сталина/The Death of Stalin)

KOMEDIYA – BUYUK BRITANIYA, FRANSIYA, 2017

IMDb: 7.4/10 | Kinopoisk: 6.8/10 | Lifetime: 9/10

Filmda Sovet ittifoqi va Stalinning qilmishlari yengil kulgu orqali ko’rsatilgan. Bunday imperiyalar va Stalin kabi yovuz diktatorlar ham vaqti kelib yo’qlikka mahkum bo’lishiga guvoh bo’lish mumkin. Afsuski, film namoyishi Rossiya va O’zbekistonda Sovet ittifoqi va Stalin tarafdorlari tomonidan taqiqlangan. Garchi Rossiya prokuraturasi tomonidan film “toza” deya tan olingan bo’lsada…

YULDUZLAR JANGI: SO’NGGI JEDAI (Звёздные войны: Последний Джедай/Star Wars: The Last Jedi)

FANTASTIKA, FENTEZI, JANGARI, SARGUZASHT – AQSH, 2017

IMDb: 7.5/10 | Kinopoisk: 7/10 | Lifetime: 7.2/10

Yulduzlar jangi

Yulduzlar jangi filmining navbatdagi qismi. Bosh qahramon Rey, yagona omon qolgan jedai – Lyuk Skayuokerni birga jang qilishga ko’ndirishi kerak. Ammo bu uning qo’lidan kelarmikan?

Fimlarni ko’rishda HD VIDEOBOX programmasidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Programma faqat Android uchun mavjud:

HD VIDEOBOX – YUKLAB OLISH

Tas – ix hududida ko’rish uchun ITV programmasidan foydalanishni tavsiya qilamiz. ITV Android va IOS sistemalari uchun mavjud va Google Play/App Store’dan yuklab olishingiz mumkin.