KUNIGA 100 «ОТЖИМАНИЕ» QILING VA 1 OYDA QANCHALIK O’ZGARISHINGIZNI KO’RING

BuzzFeed muharriri Sem Strayker (Sam Stryker) bir oy davomida, kuniga 100 «отжимание» (push-ups) sport zalning o’rnini bosa olish-olmasligini tekshirib ko’rishga qaror qildi.

U professional murabbiy Astrid Suon (Astrid Swan) dan bir qancha maslahatlar oldi.

  • Ko’plarning kamchiligi — tana va belning bo’shashgan muskullari. Shug’ullanayotganingizda tana muskullarini qattiq ushlashingiz kerak.
  • Har kuni 10tadan 10 marta yoki 20tadan 5 marta bajaring (umumiy 100ta bo’lishi kerak). Muskullaringiz zo’riqmasligi uchun birdaniga emas, kun davomida bajaring. Masalan, ertalab 10 yoki 15 ta (kuchingiz yetsa 20 ta), 1-2 soatdan keyin yana shuncha, yana 1-2 soatdan keyin yana 10 yoki 15 ta va h.k. Kun oxirida 100 ta bo’lishi kerak.
  • Agar 100ta ko’plik qilsa, boshlanishiga kuniga 50 tadan bajaring. Keyinchalik oshirib borasiz.
  • Bajarayotgan har bir harakatingizni his qiling. «Tushayotganda» nafas oling va «kutarilayotganda» nafas chiqaring. Agar qattiq og’riq sezsangiz mashg’ulotni to’xtating.
  • Mashqni to’g’ri bajaring. Agar noto’g’ri bajarsangiz yaxshisi to’xtating. Yo’qsa, jarohat orttirib olasiz.
  • Shuningdek, «отжимание»ni bajarish vaqtiga e’tibor bering. Ya’ni qaysi vaqtda o’zingizni tetik his etsangiz, o’sha vaqtda ko’proq qismini bajarishga harakat qiling.

Sem 1-2 haftadan keyin motivaciyasi so’nib bordi. U mashqni keyinroqga qoldirishni boshladi va kech tushganda deyarli hech qancha bajarmagandi. Shunga qaramay, Sem mashqlarni to’liq davom ettirdi.

NIMALAR SIZGA XALAQIT BERISHI MUMKIN

  1.  Muskullardagi og’riqlar. Agar sizning tanangiz bunday yuklama va  bosimga ko’nikmagan bo’lsa, mushaklar og’riydi. Birinchi hafta og’riqli va og’ir bo’ladi.
  2. Kun oxirida kundalik yumushlardan charchaganingizda shug’ullanish yoqmaydi.
  3. Natija birdaniga namoyon bo’lmaydi. Bunga 2-3 — hafta vaqt kerak bo’ladi.

SEMDAN LAYFXAKLAR

  • Har 10 (15, 20…) ta «отжимание»dan keyin o’zingizni mukofotlang. Masalan, shokolad yoki meva.
  • Mashqni kun davomida bajaring. Uyda, ish joyingizda va h.k.
  • Sem bir oy davomida foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga yuklab bordi. Bu esa, tanishlari, do’stlari va hattoki begonalarni qiziqtirib qo’ydi va ular ham o’zlarini sinab ko’rishga qaror qilishdi. Bu o’z navbatida, Semning ishtiyoqi va qiziqishini yanada oshirdi va taslim bo’lmadi.

NATIJALAR

Sem o’zidagi o’zgarishlarni uchinchi hafta oxiriga kelib seza boshladi.

Garchi, muskullari hali ham og’risa-da, o’zini kuchliroq va ko’rkamroq his eta boshladi.

MASHG’ULOT SO’NGGIDA NIMALARGA ERISHASIZ

  • Ko’krak, yelka, press va bel mushaklari massasi oshadi.
  • Agar sport bilan shug’ullansangiz, sportdagi natijalaringiz oshadi.
  • Jismonan va ruhan o’zingizni avvalgidan yaxshi qilasiz.
  • O’zingizga bo’lgan ishonch oshadi. 30 kunlik sinovga chiday olsangiz o’zingiz bilan faxrlansangiz arziydi.

Taslim bo’lmang, bir oydan so’ng albatta natijadan mamnun bo’lasiz