Lifetime

KO’RISHINGIZ KERAK BO’LGAN AJABTOVUR JOYLAR (2 – QISM)

Albatta ko’rishingiz kerak bo’lgan ajabtovur joylar (davomi).

O’RMON YONAR QURTLARI, YAPONIYA

Har yili, iyundan iyulgacha, Yaponiyada yomg’irlar mavsumi boshlanadi. Asosan, bo’ron va momaqaldiroqdan so’ng, o’rmonlarda yonar qurtlar paydo bo’lishadi. Sariq, yashil va qizil yonar qurtlarni Maniva va Nagoya shaharlarida uchratish mumkin.

yonar qurtlar yaponiya

yonar qurtlar yaponiya

ULKAN KRISTALLAR G’ORI, MEKSIKA

Nayka shahridagi, kristallar g’ori 300 metr chuqurlikda joylashgan. Bu ulkan selenit kristallar, bir necha yuz yillar davomida shakllangan.

kristallar g'ori meksika

kristallar g'ori meksika

XUNXE-XANI GURUCH MAYDONLARI, XITOY

Yuanyan tumanida joylashgan guruch maydonlari, xuddiki tog’dan, Xongxa daryosiga olib tushadigan zinapoyalarga o’xshaydi.

guruch maydonlari xitoy

guruch maydonlari xitoy

HARBOR OROLIDAGI PUSHTI PLYAJ, BAGAMA OROLLARI

Moviy rang suv va qaymoqrang qum, ma’lum bir sharoitda pushti rang tus oladi. Bu esa, sevishganlar va asal oyidagilarga romantik manzarani hosil qiladi. Forbes talqini bo’yicha, ‘Pink Sands beach’ dunyoning eng maftunkor plyaji deya tan olingan.

pushti plyaj bagama

pushti plyaj bagama

HARAKATLANUVCHI TOSHLAR VODIYSI, AQSH

Kaliforniyaning o’lim vodiysidagi, harakatlanuvchi toshlar, Reystrek-Playa qurigan ko’li o’rnida bo’lib, nima sababdan va qanday qilib harakatlanishining aniq bir sababi haligacha topilmagan.

harakatlanuvchi toshlar

harakatlanuvchi toshlar

HAYKU YOHUD FALAKKA ELTUVCHI ZINALAR, HAVAI OROLLARI

Oahu orolidagi Hayku zinalari, 850 metr balandlikdagi so’qmoq bo’lib, o’zining ikkinchi nomini bejiz olmagan. Tog’ning balandu pastliklaridan o’tgan zinalar, bulutlar bilan qorishib ketadi.

«PUKHANSAN» TOG’I, JANUBIY KOREYA

Pukhansan tog’i, poytaxt Seulning shimoliy chekkasida joylashgan. Dengiz sathidan 836,5 metr balandlikda bo’lib, tog’ cho’qqisidan Seul kaftdek namoyon bo’ladi.

pukhansan tog'i seul koreya

pukhansan tog'i seul koreya

«SAK-AKTUN» ENG UZUN YER OSTI DARYOSI, MEKSIKA

Kintana Roo shtati, Yukatan orolidagi daryo, hozirda bizga ma’lum yer osti daryolar ichida eng uzuni hisoblanadi. Uning uzunligi 215 km. «Sak-aktun» maya tilida «oq g’or» degan ma’noni anglatadi.

sak aktun g'ori meksika

sak aktun g'ori meksika

«BIEY» MOVIY HOVUZI, YAPONIYA

Biey moviy hovuzi Hokkaydo orolidagi, Bieygoa daryosi qirg’oqida joylashgan.

moviy hovuz hokkaydo yaponiya

moviy hovuz hokkaydo yaponiya

GEIRANGER FYORD, NORVEGIYA

Bu maftunkor joy Myore-og-Romsdal guberniyasining (viloyat), Sónmyore tumanida joylashgan. Ikki tog’ orasida bo’lib, uzunligi 15 km, kengligi 1,3 km. 2005 — yilda tabiat merosi sifatida UNESCO ro’yxatiga kiritilgan.

geiranger ford norvegiya

geiranger ford norvegiya

SOKOTRA OROLI, YEMEN

Sokotra oroli xuddi multfilm yoki fantastik filmlardagi peyzajlarga o’xshaydi. Bu oroldagi o’simlik va daraxtlarni yer yuzining boshqa biror-bir joyida uchratmaysiz. Orolning tabiati haqiqatdan ham hayratlanarli darajada.

sokotra oroli yemen

sokotra oroli yemen

KOMI TEGINILMAGAN O’RMONLARI, ROSSIYA FEDERATSIYASI

Komi o’rmonlari bu hajmdagi Yevropadagi yagona teginilmagan massiv hisoblanadi. Agar «Omon qolgan» (The Revenant) filmi rejissyori Alexandro Inyarittu bu o’rmon haqida bilganida, filmni shu yerda suratga olgan bo’larmidi.

komi o'rmonlari rossiya

komi o'rmonlari rossiya

VERZASKA — DUNYODAGI ENG SHAFFOF DARYO, SHVETSARIYA, ITALIYA

Verzaska tog’ daryosi bo’lib, Verzaska vodiysida joylashgan. Verzaska o’zining shaffof va toza suvi hamda rang-barang toshlari bilan nom qozongan. Daryoning yon-atroflari, o’rta yer dengizi o’simliklari, kashtan daraxtlari va uzumlar bilan o’ralgan.

verzaska tog' daryosi shvetsariya

verzaska tog' daryosi shvetsariya

ALAND OROLLARI — BALIQCHILIK UCHUN ENG MAQBUL JOY, FINLANDIYA

Finlandiyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan bo’lib, avtonom hudud sifatida Finlandiya tarkibiga kiradi. Agar siz baliqchilikka qiziqsangiz, bu joy ayni muddao.

aland orollari Finlandiya

aland orollari Finlandiya

OQ CHO’L, MISR

Oq cho’l Sahara cho’lining bir qismi. Maydoni 300 kvadrat kilometr. 80 million yil ilgari cho’l o’rnida dengiz bo’lgan. Dengiz qurigandan so’ng shamol g’aroyib shakllar yaratgan.

oq cho'l Sahara misr

oq cho'l Sahara misr

«TROLL TILI» QOYASI, NORVEGIYA

Troll tili, Skyegeddall tog’ining bir qismi o’pirilib tushgan vaqtida hosil bo’lgan. Vazni u qadar og’ir bo’lmagani sababli, o’pirilib tushmagan. Skyegeddall tog’i, Odd shaharchasidan 10 km. uzoqlikda joylashgan.

troll g'ori norvegiya Skyegeddall

troll g'ori norvegiya Skyegeddall

EVERGLEYDS MILLIY BOG’I, AQSH

Evergleyds milliy bog’i, Florida ning janubida joylashgan. UNESCO tomonidan butunjahon meroslari ro’yxatiga kiritilgan. Bu bog’ni siz video va ko’rsatuvlarda  ko’rgan bo’lishingiz mumkin. Maydoni 6105 kv.km. Shundan 5246 kv.km. hududi to’liq yovvoyi tabiat bilan qoplangan.

evergleyst milliy bog'i Florida

evergleyds milliy bog'i Florida

PAMUKKALE TABIIY HOVUZLARI, TURKIYA

Pamukkale — «paxtali qal’a» degan ma’noni anglatadi. Bunday nomlanishi bejizga emas. Uzoqdan qaraganda, pamukkale xuddi paxtaga o’xshaydi.

pamukkale hovuzlari turkiya bodrum

pamukkale hovuzlari turkiya bodrum

Ko’rishingiz kerak bo’lgan ajabtovur joylar (1 – qism) >

Davomi bor…

Пролистать наверх