KO’RISHINGIZ KERAK BO’LGAN AJABTOVUR JOYLAR (1 — QISM)

Bu olamda kishini hayratga soluvchi, ko’zni qamashtirar darajadagi ertaknamo go’zal va ajabtovur joylar bisyor. Lifetime sizni lol qoldiruvchi g’aroyib joylar bilan tanishtiradi. Yaxshilab joylashib oling, «sayohatimiz» fantastik bo’lishi kafolatlanadi.

BURANO — VENETSIYA, ITALIYA

Venetsiyadagi Burano kvartalining go’zalligini ta’riflashga til ojiz. Bu yerdagi har bir uyga hukumat tomonidan alohida rang ajratilgan. Google o’z logotipini yaratishda, Buranoning go’zalligidan ruhlangan bo’lsa ajabmas.

burano

burano

‘BRAYS KANYON’ MILLIY BOG’I, AQSH

Milliy bog’ Yuta shtatida joylashgan bo’lib, o’zining takrorlanmas go’zal landshaftlari bilan dunyoga tanilgan.

brays kanyon

brays kanyon

YARATGANNING KO’ZLARI YOHUD SHAYTON KO’ZLARI

Proxodna — Bolgariyadagi eng ajabtovur g’or. Ajabtovurligi shundaki, bu g’orda, 2ta inson ko’zlarini eslatuvchi yoriq bo’lib, kunduzi undan tushadigan nur sayohatchilar yo’lini yoritsa, yomg’ir yoqqanda tushadigan tomchilar ko’z yoshlarini eslatadi.

YARATGANNING KO'ZLARI

YARATGANNING KO'ZLARI

VAYTOMO — YONAR QURTLARI, YANGI ZELANDIYA

Yangi Zelandiya ertaknamo mamlakat. Tabiat bu o’lkaga navbat kelganda, o’zining bor mahoratini ishga solgandek. Vaytomodagi yonar qurtlar to’la g’orlar so’zimizning isboti.

vaytomo

vaytomo

RANGLI QOYALAR, XITOY

Chjanye Danksia rangli qoyalari Xitoyning Gansu viloyatida joylashgan. Bu qoyatoshpar butunjahon meroslari ro’yxatiga kiritilgan.

rangli qoyalar

rangli qoyalar

BALIQCHILAR QISHLOG’I, XITOY

Bu qishloq aholisi bir necha o’n yillar oldin bu yerlarni tark etgan va qishloq tashlandiq ahvolga kelgan. Hozirda bu yer sayyohlarning qiziqishiga sazovor bo’lgan.

baliqchilar qishlogi

baliqchilar qishlogi

‘OXIR ZAMON’ ARG’IMCHOG’I, EKVADOR

Bu ekstremal arg’imchoq Ekvadorning Banyos shahrida joylashgan. dengiz sathidan 2660 metr balandlikda bo’lib, And tog’larining maftunkor ko’rinishi namoyon bo’ladi.

oxir zamon arg'imchog'i

oxir zamon arg'imchog'i

ULKAN KO’K TUYNUK, BELIZ

Bu tuynuk Belizdagi (markaziy Amerika) Yukatan yarimoroli yaqinida joylashgan. 305x120m hajmdagi tuynuk Jak Iv Kusto tufayli mashhurlikka erishgan.

kok tuynuk

kok tuynuk

LOLA MAYDONLARI, HOLLANDIYA

Lolalar mavsumi aprel oxiridan may oyining o’rtalarigacha davom etadi. Asosiy lola maydonlari shimoliy dengiz qirg’oqlari, Leyden, Haaga va Delft shaharlariga olib boruvchi yo’llar bo’yida joylashgan.

lola maydoni

lola maydoni

VATNAYOKYUL MUZLIGINING MUZ G’ORLARI, ISLANDIYA

Islandiya o’zining g’aroyib muzliklari va ajoyib tabiati bilan nom qozongan. Shulardan biri, Vatnayakyul muzligidagi g’orlar bo’lib, o’zingizni muz qirolichasi saroyidagidek his etasiz.

muz g'or

muz g'or

HITACHI MILLIY BOG’I, YAPONIYA

Hitachi bog’i Yaponiyaning Hitatinaka shahrida joylashgan. Maydoni 120 gektarni tashkil qiladi.

hitachi bog'i

hitachi bog'i

RORAIMA TOG’I, BRAZILIYA, VENESUELA, GAYANA

Bu o’ziga xos tog’ muqaddas joy hisoblanadi. Mahalliy hindular bu joyni «yer yuzining kindigi» deb atashadi. Artur Konan Doyl «Yo’qolgan olam» romanini aynan shu joydan ilhomlanib yozgan.

roraima

roraima

KAPPADOKIA, TURKIYA

Kappadokia tarixi mil.avv. 5 ming.yilga borib taqaladi. Sivilizatsiya markazi bo’lgan va u yoki bu imperiya tarkibiga o’tib turgan. Kappadokia o’zining landshaftlari, kanyonlari, g’orlari va yer osti shaharlari bilan lol qoldiradi.

kappadokia

kappadokia

kappadokia

HAVORANG TUZ HOVUZLARI, AVSTRALIYA

tuz hovuz

tuz hovuz

«YULDUZLAR DENGIZI» VAADHU, MALDIV OROLLARI

Yulduzlar kabi charaqlaydigan to’lqinlar, suv jonzotlari organizmidagi kimyoviy jarayonlar mahsuli.

vaadhu

vaadhu

UNKAY AYVONI (TERASSA), YAPONIYA

Unkay — tog’da joylashgan bulutlar ustidagi kuzatuv maydoni.

unkai

unkai

MOVIY LAGUNA

Moviy laguna geotermik manba bo’lib, sayyohlarning sevimli joyi hisoblanadi. Suvi esa minerallarga boy va sog’liq uchun foydali. Kengligi 200 metr, uzunligi 2 kilometr va chuqurligi 1-3 metr. Suv harorati 37-40°C, hattoki qish mavsumida ham o’zgarmaydi.

moviy laguna

moviy laguna

Maqolani tayyorlash jarayonida bir-biridan maftunkor va takrorlanmas joylar ko’pligidan hayratga tushdik va maqolani 3 qismga bo’lishga qaror qildik.