KELAJAGINGIZ O’Z QO’LINGIZDA

Kelajak haqida o’ylaganda, ko’pchilikni bir savol doimo qiynaydi. Nima qilsam ekan? Hayotimni qanday rejalashtirsam? Bunday holatni quyuq tuman ichidagi, qalin o’rmonda adashib qolganga o’xshataman. Kimdir muvaffaqiyatga erishib, yo’lini topib chiqib ketsa, kimdir umrining oxirigacha adashib yuraveradi. Agar siz shunday holatda bo’lsangiz, maqolani oxirigacha o’qishni tavsiya qilaman.

Sizga bir ajoyib hikoyani so’zlab bermoqchiman.

«Yaqin o’tmishda, keksa afrikalik fermer bo’lgan ekan. Kunlardan bir kuni, dunyo bo’ylab kezib yuradigan savdogarning, odamlar afrikada bir dunyo olmos topib boyib ketgani haqidagi hikoyasi o’ylantirib qo’yibdi. Keksa fermer ko’p o’ylab o’tirmay bor mol-mulkini sotib, afrika bo’ylab olmos izlashga chiqibdi. Keksa fermer, uzoq yillar davomida olmos izlab, hech vaqo topolmay, puli tugab gado bo’libdi… Tushkunlikka tushgan keksa fermer o’zini okeanga tashlab, o’z joniga qasd qilibdi.

Bu vaqtda esa, keksa fermerning yon qo’shnisi, yerda ishlayotgan vaqti noma’lum tosh topib olib, uyiga qo’yib qo’ygan ekan. Oradan vaqt o’tib, savdogar yana qaytib kelib, olmosga ko’zi tushibdi. Nihoyat keksa fermer olmos topibdi degan hayolda qo’shni fermerdan u haqida so’rabdi. Qo’shni fermer, keksa fermerning o’sha ketganicha qaytib kelmagani va uni hech kim ko’rmaganini aytibdi. Savdogar, bu tosh aslida qimmatbaho olmos ekanligini va fermer uni qayerdan topganini so’rabdi. Savdogar va fermer yerni ko’zdan kechirib chiqishibdi va yer olmosga to’la ekanligiga guvoh bo’lishibdi. Keksa fermer boylik izlab, begona joylarga ketgan. Ammo o’z yerini yaxshilab ko’zdan kechirish hayoliga ham kelmagan.

Qissadan hissa shuki, qayerda bo’lishingizdan qat’iy nazar olmos sizning ichingizda, siz aslida o’ylaganingizdan ko’ra ko’prog’iga qodirsiz. Biz faqat o’zimizga o’zimiz halaqit beramiz.

NIMA QILISH KERAK

Tesla sharini ko’rganmisiz? Hech qanday kontakt bo’lmagan vaqtda, shardagi energiya tarqoq bo’ladi. Agar sharga barmog’ingizni tekkizsangiz, energiya bir nuqtaga yo’naltiriladi. Biz ham Tesla shariga o’xshaymiz… Aniq bir maqsadimiz bo’lmasa, nima qilishni bilmaymiz. Goh u ishni qilamiz, goh bu ishni qilamiz va umrimiz shu tariqa o’tishda davom etaveradi. Depressiya, tushkunlik va o’zimizga bo’lgan ishonchsizlik doimiy hamrohimiz bo’ladi. Aniq bir maqsadimiz bo’lsa, huddi Tesla sharidagi kabi, butun energiyamiz bir nuqtaga, ko’zlagan maqsidimizga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’zingizga yoqadigan ish bilan shug’ullansangiz, albatta katta yutuqlarga erishasiz.

Bir milliarder aytgan ekan, «Muvaffaqiyatga erishish uchun, birinchidan, nimani xohlashingizni va nimaga erishmoqchiligingizni aniqlashtirib oling. Ikkinchidan, maqsadga erishish uchun to’lanadigan badalni aniqlashtiring va to’lashga tayyor bo’ling. Badalni to’liq miqdorda va oldindan to’lashingizga to’g’ri keladi. Faqat shundagina ko’zlagan maqsadingizga erishasiz».

Eng avvalo, hayotingizdagi barcha negativlardan halos bo’ling. Bu do’stingiz, film, musiqa, rasm, kiyim bo’lishi mumkin. Qanchalik og’riqli bo’lmasin, sizning kayfiyatingizni tushiradigan barcha…barchasidan qutuling. Ishoning bu judayam katta foyda beradi. To’g’ri, boshida o’rganib qolgan narsalardan voz kechish qiyin bo’ladi. Ammo vaqt barchasiga davo… Hayotdan nolishni, muvaffaqiyatsizligingizda birovni ayblashni bas qiling. Bugungi hayotingiz, kecha qilgan ishlaringiz mahsuli, ya’ni hozirgi hayotingiz qanday bo’lsa bunga faqat va faqat o’zingiz sababchisiz. Bu huddi do’konga kirib, yomon bo’lib qolgan banan sotib olib, tashqariga chiqib aynigan banan oldim…nimaga bunaqa bo’ldi….deya hayotdan nolishdek gap. Nima bo’lishidan qat’iy nazar hech qachon afsuslanmang va tushkunlikka tushmang. Bugungi xatoni ertaga albatta tuzatsa bo’ladi. Eng muhimi, banan bo’lishni bas qiling :))

Istalgan, muvaffaqiyatga erishgan odamdan siz uchun eng qimmatbaho narsa nima deb so’rasangiz, «bu mening yillar davomida olgan tajribam va bilimim» deb javob beradi. Bu mavzuda juda ko’p gapirsa bo’ladi. Yaqinlaringiz, do’stlaringiz «o’qiganing bilan, o’zingga yoqadigan kasb/mashg’ulotni o’rganganingdan nima foyda?! Undan ko’ra, foyda keltiradigan kasbni tanla…ko’chaga chiqib ishla…!» qabilidagi gaplarni aytishadi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, o’zingiz sevadigan kasbni tanlamasangiz, butun umr afsuslanib o’tasiz. Nima deyishlaridan qat’iy nazar, BILIMsiz hozirgi kunda biror-nimaga erishish qiyin masala. Ko’p kitob o’qing(to’g’ri kelgan kitobni emas, sizga kerak bo’ladiganlarini!), yangi-yangi narsalarni o’rganing, ma’ruzalarda qatnashing va eng muhimi o’z ustingizda ishlashni hech qachon to’xtatmang.

P.s. Hech qachon umidingizni so’ndirmang va orzuingizni amalga oshiring!