ITALIYANING SARDINIYA OROLIDA 1 DOLLARGA UY OLING

Ollolai qishlog'i Sardiniya xarita

Hech, Italiyaning go’zal qishlog’ida, shinamgina uyingiz bo’lishini orzu qilganmisiz? Sardiniya oroli, Barbadja tog’li tumani, Ollolai qishlog’i meri, xohlovchilarga bor yo’g’i 1 dollar evaziga uy sotib olishni taklif qilmoqda. Ollolai tabiati maftunkor. Ammo…

Ollolai qishlog'i Sardiniya

«Tekin pishloq faqatgina qopqonda bo’ladi»-deb bejiz aytishmagan. 200 atrofidagi uylarning holati achinarli ahvolda va ta’mirtalab. Ta’mir esa, bir necha o’n ming dollarga boradi.

Uylarni deyarli tekinga sotishdan maqsad esa, shaharchaga «hayot»ni qaytarish va bo’shab qolishidan saqlash. So’nggi yillarda shaharcha aholisi 2250 dan 1300 tagacha qisqardi va tug’ilish yiliga bor yo’g’i bir nechtani tashkil qiladi.

Ollolai qishlog'i Sardiniya

Qachonlardur sershovqin bo’lgan Ollolai, bugunga kelib deyarli bo’shab qolgan. Ko’plab yoshlar yorqin kelajak ilinjida katta shaharlarga ko’chib ketgan. Tashlab ketilgan uylar esa xaroboga aylanib bormoqda.

Ollolai qishlog'i Sardiniya

Ollolai qishlog'i Sardiniya

Qolganlaresa, hunarmandchilik va chorvachilik ortidan kun ko’rishadi. Mahalliy cho’ponlar, yuqori sifatli hisoblanadigan Casu Fiore Sardu pishlog’ini tayyorlashsa, hunarmandlar dunyoga mashhur savatlarni to’qishadi.

Ollolai qishlog'i Sardiniya

Mer Arbau, shaharchaga ko’rkamlik bag’ishlash uchun sobiq uy egalari bilan bog’lanib, uylarni hukumatga berish iltimosi bilan chiqdi.

Ollolai qishlog'i Sardiniya

2017 — yilda mer uylarni sotuvga qo’ydi. Uylarning holati achinarli ahvolda bo’lishiga qaramay, bir qanchasi sotildi.

Ollolai qishlog'i Sardiniya

Ollolai qishlog'i Sardiniya

Vito Kazula, birinchilardan bo’lib, bir finjon kappuchino narxiga, ikki qavatli uy sotib olgan. «Bir avvalari bu yerdan uncha uzoq bo’lmagan joyda yashardik va bu yerga tez-tez kelib turadik. Xotinim gazetadagi e’lonni ko’rib qoldi va bu bizning imkoniyatimiz ekanini tushundik.

Ollolai shaharchasi
Ollolai shaharchasi

Bu yer tinch va osuda hayot uchun ayni muddao».

Ollolai qishlog'i Sardiniya

Lifetime — make your life better!