ISTALGAN SAYTDAN FOTO VA VIDEOLARNI KO’CHIRIB OLISH

Facebook, YouTube, Twitter, Vkontakte, Instagram kabi saytlardan foto yoki videolarni ko’chirib olgingiz keladi. Ammo ma’lum sabablarga ko’ra buning iloji yo’q. Lifetime qanday qilib, istalgan saytdan foto va videolarni ko’chirib olish mumkinligini ko’rsatadi.

download problem
Istalgan foto va videolarni ko’chirib olish
RASMLARNI KO’CHIRIB OLISH (INSTAGRAM)
Web-versiya

Agar siz kompyuterda ko’chirib olishni xohlasangiz, DownloadGram saytidan foydalanishingiz mumkin. Biror-bir rasmni ko’chirib olish uchun, rasm manzili(ссылка/link)ni olib, DownloadGram saytiga qo’yasiz va download tugmasini bosasiz.

download gram dasturi

DownloadGram saytiga o’tish >

Dinsta — rasmlarni ko’chirib olishdan tashqari, agar rasm manzilini qanday olishni bilmasangiz, dinstada o’rganishingiz mumkin.

dinsta Instagram fotolarini download

Dinsta saytiga o’tish >

Android

Android uchun dasturlar yetarlicha, sizga faqat eng yaxshilarini ko’rsatamiz:

FastSave for Instagram | Download

Fast Save | Download

Instagram Stories dagi foto va videolarni ko’chirib olish | Download

Ios (iPhone)

Insta Saver | Download

Instragram stories va live translyatsiyalarni ko’chirib olish | Download

VIDEOLARNI KO’CHIRIB OLISH

Quyidagi servislardan o’zingizga ma’qulini tanlang va istalgan saytdan videolarni ko’chirib oling(скачать/download).

Barcha servislarning ishlashi bir xil. Video manzilini qo’yasiz va «download» yoki «скачать» tugmasini bosasiz.

1. Video Grabber
video grabber videolarni ko'chirib olish
Video Grabber — saytga o’tish uchun rasmga bosing
2. TubeOffline
tubeofline videolarni ko'chirib olish
TubeOffline — saytga o’tish uchun rasmga bosing
3. 9xbuddy
9xbuddy videolarni ko'chirib olish
9xbuddy — saytga o’tish uchun rasmga bosing
4. Savevideo.me
savevideome videolarni ko'chirib olish
Savevideo.me — saytga o’tish uchun rasmga bosing
5. Savefrom.net
savefrom videolarni ko'chirib olish
Savefrom.net — saytga o’tish uchun rasmga bosing
FOTO VA VIDEOLARNI KO’CHIRIB OLISHNING SERVIS VA DASTURLARSIZ USULI
Kompyuterda

Google Chrome (yoki boshqa) brauzerini oching. Sizga kerakli foto yoki videoni ochib(masalan Instagram, Facebook yoki boshqa bir saytdagi), sichqonchaning o’ng tugmasini rasm yoki videoning ustiga bosing. «Просмотр кода страницы» ga bosing.

prosmotr koda stranici

Smartfon yoki planshetda

Google Chrome (yoki boshqa) brauzerini oching. Sizga kerakli foto yoki videoni ochib(masalan Instagram, Facebook yoki boshqa bir saytdagi), sayt manzili oldiga «view-source:» deb yozing (QO’SHTIRNOQSIZ!).

mobil

Saytning html kodi sahifasi ochiladi. Endi kerakli faylni izlash uchun CTRL + F tugmalarini birgalikda bosing. Foto bo’lsa, «jpg» yoki video bo’lsa, «mp4» deb yozib «поиск» yoki «search/find» tugmasini bosing. Bizga kerakli faylning manzili(ссылка/link) chiqadi.

find

Manzilni ko’chirib olib, brauzerning manzil yozadigan qismiga qo’yasiz (вставить) va «enter» tugmasini bosasiz.

Agar brauzer faylni avtomatik tarzda ko’chirib olmasa, sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, «сохранить файл (картинку)ni bosing.

soxranit

Shuningdek fayl manzilini Download master yoki Download manager dasturlariga qo’yib ko’chirib olsangiz ham bo’ladi.

Aslida bu usul o’rganib olganingizdan so’ng, juda ham oson.

P.s. Mualliflik huquqini hurmat qiling va fayllarni faqat shaxsiy foydalanish uchun ko’chirib oling. Ma’lumotlar faqat tanishish uchun tayyorlangan.

Lifetime — make your life better!

YOUTUBE DAGI ENG KATTA O’ZGARISH ENDI O’ZBEKISTONDA HAM MAVJUD >