Lifetime

ISROILLIKLAR ISTALGAN SMARTFON HIMOYASINI OCHIB BERISHADI

Forbes nashrining ma’lum qilishicha, Isroilning Cellebrite kompaniyasi, pul evaziga Iphone X va deyarli barcha smartfonlarni «vzlom» qilib beradi.

Shuningdek, Cellebrite kompaniyasi, huquqni muhofaza qilish organlariga smartfonlar himoyasini buzishga yordam beradi. 2016 — yilda, San-Bernardinoda bo’lgan qurolli hujumdagi jinoyatchilardan birining Iphone smartfoni himoyasini buzishda ishtirok etishgan. Cellebrite kompaniyasi, bu ish uchun 1500$ haq olgan. Lekin, smartfon himoyasini buzish uchun smartfon ularning ofisiga keltirilishi shart.

Shuningdek kompaniya Iphone X himoyasini ham buzib bergan. Michigan politsiyasi, qurol sotishda gumon qilingan A.Saydi smartfonini «vzlom» qilish uchun Cellebrite xizmatlaridan foydalangan.

To’g’ri bunday ishlarda kompaniyaning ishlari foydali va qonuniy. Ammo Cellebrite xizmatlaridan xususiy kompaniyalar ham foydalanishi mumkin. Asosiysi, yuqorida ko’rsatilgan summani to’lashsa kifoya.

Пролистать наверх