IPHONE X BEKOR QILINISHINING SABABI

«Apple Iphone X modelini bekor qiladi» — deya xabar bermoqda Forbes. KGI Securities ning taniqli tahlilchisi Ming-Chi Go aytishicha, iPhone X savdosining pastligi sabab, shu yilning yozida ishlab chiqarish to’xtatiladi. Bunday holat, Apple tarixida birinchi bor kuzatilmoqda.

iPhone X bekor qilinadi

Apple rejalarini muvaffaqiyatli fosh qilib kelayotgan Go ning aytishicha, iPhone X ning Xitoyda ommalashmagani, savdodan olinishining asosiy sababi.

Kouen ham, Iphone ga qiziqish tarixiy minimumga tushgani haqida xabar bermoqda.

Ammo, har bir yomonlikda ham bir hikmat bor deganlaridek, quvonarli yangiliklar ham yo’q emas. Yil oxirida Iphone X, 3 ta yangi modelga almashtiriladi. iPhone X stilidagi, 5 dyuymlik Iphone, 6,5 dyuymlik iPhone X plyus va tahminan «650-750$» atrofidagi, 6,1 dyuymlik iPhone SE (Face ID ga ega bo’ladi). Ayniqsa, oxirgi ikkitasidan umidlari katta.

yangi iPhone X
*Yangilangan iPhone X 2019 ning tahminiy ko’rinishi (Concept Creator)

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Samsung esa, iPhone X ni ko’chirib olish bilan band >