INGLIZLAR SSSR’NI KALAKA QILIB FILM OLISHDI

Film Stalin vafotidan oldin va keyingi taxt uchun kurashni yoritadi. Filmdagi voqealar yengil hazil bilan ko’rsatilgan. Garchi, filmda tarixiy noaniqliklar bo’lsa-da, o’sha vaqtdagi vaziyatni ochib bera olishgan.

— Hokkey jamoasining qolgani shumi? Bular hech narsaga yaramaydi!

— Axir, samolyot qulaganida butun jamoa halok bo’ldi.

— Nima? Qanaqa samolyot? SSSR samolyotlari hech qachon qulamaydi!

Filmdan parcha.

Filmda sobiq sovet ittifoqidagi ahmoqona qarorlar, soxta sadoqat va yemirilgan ittifoq hazil tariqasida ko’rsatilgan. Bunday tuzumlarda hech qachon adolat bo’lmasligi va har qanday hukmdor vaqti kelib, zavolga yuz tutishiga urg’u berilgan.

Filmni Rossiyada namoyish qilgani uchun, «Пионер» kinoteatri jarimaga tortilgan. Haqiqat, yoqadimi yoki yo’qmi achchiq bo’ladi.

Film sifatli ishlangan va mashhur aktyorlar rol ijro etgan.

STALINNING VAFOTI (СМЕРТЬ СТАЛИНА, THE DEATH OF STALIN) 18+
KOMEDIYA — FRANSIYA, BUYUK BRITANIYA, BELGIYA, 2017

IMDb: 7.6/10 | Kinopoisk: 7.2/10 | Lifetime: 7.9/10

Rejissor: Armando Ianuchchi.

TREYLER:

To’liq film — Tas-IX