Lifetime

ILON MASKNI ILHOMLANTIRGAN 14 KITOB

Ilon Maskdan muvaffaqiyatingiz kaliti nimada deb so’rashganda, u judayam oddiy javob beradi.

«Men ko’p kitob o’qiyman».

Ilon Mask

Kanado-amerikalik injener(muhandis), tadbirkor, ixtirochi va investor. SpaceX va Tesla asoschisi. AQSH prezindentining siyosat va strategiya forumi a’zosi.

1. Uzuklar hukmdori. J.R.R. Tolkien.

Ilon Mask maktab davrlarida barchaning e’tiboridagi bolalar qatoriga kirmagan. Aksincha, yolg’iz fentezi va ilmiy-fantastik kitoblar o’qishni hush ko’rgan. The New Yorker nashrida keltirilishicha, aynan shu kabi kitoblar Maskning bugungi dunyoqarashi shakllanishiga asos bo’lgan. «Men o’qigan kitoblar qahramonlari, dunyoni qutqarish, ularning burchi deb hisoblashgan», — deydi Mask The New Yorker nashriga bergan intervyusida.

2. Koinotda avtostop bilan.

Maskning aytishicha, 12-15 ekzistencial krizis(Rivojlangan va o’ziga to’q davlatlarda tarqalgan psixologik holat bo’lib, hayotning asl mohiyatini tushunolmaslikdir) dan aziyat chekkan va Nicshe, Shopengauer va boshqa faylasuflarning asarlarini o’qishga zo’r bergan. Ammo yordam bermagan. Keyinchalik, Adamsning «Avtostop bilan koinotda» asariga duch keladi. Mask quyidagicha hulosa qiladi, agar savolni to’g’ri qo’ya olsangiz, javobini topish ham oson bo’ladi. «Borliqni qanchalik yaxshi bilsak, qanday savol berishni ham shunchalik yaxshi bilamiz», — deydi Fresh dialogues nashriga bergan intervyusida.

3. Benjamin Franklin. Biografiya. Uolter Aysekson.

B. Franklin Maskning sevimli qahramonlaridan biri. «Franklin judayam ajoyib inson», — deydi Foundation nashriga bergan intervyusida. Franklin nafaqat siyosatcha, balki uddaburon tadbirkor va kashfiyotchi ham bo’lgan. Shunday ekan, serqirra Maskning, Franklinga bo’lgan qiziqishi bejiz emas.

4. Eynshteyn. Uning hayoti va olami. U. Aysekson

Kitobda qanday qilib inson, o’z intellekti va ambiciyalari bilan dunyoni o’zgartirishga qodir ekanligi yozilgan.

5. Konstrukciyalar yohud narsalar nimaga buzilib ketmaydi. J. Gordon

Jeyms Gordonning asari, Maskning SpaceX lohiyasini yaratishda qo’llanma bo’lgan desa ham bo’ladi. Mask, texnik ishlanmalarni loyishartirish bilan shug’ullanmoqchi bo’lganlarga, bu kitob ayni qo’llanma ekanligini aytgan.

6.’Ignition!: An Informal History of Liquid Rocket Propellants’J.D.Klark

«Ignition! — raketa yasash haqidagi ajoyib kitob, J.Klark haqiqatdan ham ajoyib» — Ilon Mask.

7. ‘Sun’iy (super) aql. Bosqich, tahlika va strategiyalari’. Nik Bostrom.

Ilon Mask, twitterida shunday yozadi: «Biz, sun’iy aql borasida o’ta ehtiyotkor bo’lishimiz kerak. Sun’iy aql yadroviy quroldan ham xavfliroq bo’lishi mumkin». Mask, Nik Bostromning kitobini o’qib ko’rishni maslahat beradi.

8. ‘Noldan birgacha. Startaplardan bitiklar yohud kelajakni qanday o’zgartirish mumkin’. Piter Til.

2000-yillarda, Ilon Mask, X.com to’lov sistemasiga asos solganda, PayPal to’lov sistemasining asoschilaridan biri, Piter Til uning raqobatchisi bo’lgan. Hozirda, Tilning kompaniyasi gullab-yashnamoqda, uning o’zi esa, milliarder-investorga aylangan. Mask, Tilning kitobi haqida iliq fikr bildirgan: «Piter Til, ko’plab loyihalarni amalga oshirdi. U kitobida buni qanday bajarganini so’zlab beradi.

9. ‘Hovard Hyuz. Uning hayoti va fojeaviy yakuni’. Donald Barlett va Jeyms Stil.

H. Hyuz — kinorejissyor va aviatsiya pioneri, uchish tezligi bo’yicha bir necha bor rekord o’rnatgan va hayoti so’ngida aqldan ozgan. Uning biografiyasi, bejizga Maskni qiziqtirmagan. Mask ham, u singari, bir necha sohada muvaffaqiyatga erishgan va yangi marralarni zabt etgan.

10. ‘Shubha savdogarlari’. Naomi Orestes va Erik Konuey.

Orestes va Konuey, qanday qilib siyosatchilar va biznesmenlar, sog’liqni saqlashga doir faktlarni yashirganliklari haqida yozishgan. Ilon Mask, twitterida shunday yozadi: » O’z vaqtida, chekishni sog’likka zararligini yashirganlar, bugun, sayyoramizdagi iqlim o’zgarishlarini inkor etishmoqda.

11. The ‘Foundation’ trilogiyasi. Ayzek Azimov.

Maskning koinotga bo’lgan qiziqishi, qisman, bolaligida o’qigan, ilmiy-fantastik kitoblariga bog’liq. The Guardian nashriga bergan intervyusida, bu kitobga bo’lgan mehrini ta’kidlab o’tgan: «Siz Bobil, Misr, Rim va Xitoy rivojlanishini kuzatishingiz mumkin. 4,5 milliard yil deganda, odamzot o’z sayyorasidan tashqariga chiqdi. Toki buning imkoni bor ekan, biz harakatimizni qilishimiz kerak. Buning uzoq vaqt cho’zilishiga, umid qilmaslik kerak».

12. ‘Oy — shafqatsiz mezbon’. Robert Haynlayn.

Yaqin kelajak, jinoyatchilar oydagi sun’iy shaharlarga surgun qilinadi. Inqilobchi-qo’zg’olonchilardan iborat guruh, yer hukmdorlari bilan urush olib borishadi. Maskning fikricha, bu kitob Robertning eng zo’r asari.

13. ‘Madaniyat’ seriyali kitob. Ien M. Benks.

Gumanoid, o’zga sayyoraliklar va sun’iy aql o’rnashib olgan kelajak haqida hikoya qilinadi. Mask twitterida shunday yozadi: «Madaniyat»ni o’qiyapman. Bu to’xtatib bo’lmaydigan, buyuk va deyarli hayoliy kelajak. Umid qilamanki, sun’iy aql ko’zlagan marrasiga yeta olmaydi».

14. ‘So’nggi ixtiro’. Jeyms Barrat.

Bu kitob, Maskda sun’iy aqlga nisbatan salbiy fikr shakllanishida muhim rol o’ynagan kitoblardan desak, adashmagan bo’lamiz. Barrat, sun’iy aqlning ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilib, tahminiy kelajagini o’rganib chiqadi.

Manba: http://lifetime.uz/www.businessinsider.com/elon-musk-favorite-books-2015-10/#our-final-invention-by-james-barrat-14

Пролистать наверх