‘GOOGLE TARJIMON’GA YORDAM BERING VA INGLIZ TILINGIZNI YAXSHILANG

GOOGLE TARJIMON KO’NGILLILARGA MUHTOJ

Google tarjima sifatini yaxshilash maqsadida, ko’ngillilardan Google tarjimon’ga yordam berishni so’ramoqda (bu ko’p vaqt olmaydi). Barcha o’zi biladigan tillari tarjimasini optimallashtirishda qatnashishi mumkin. Bepul bo’lsa menga bundan nima foyda deysizmi? Birinchi navbatda, o’zbek tili tarjimasi sifati qanchalik yaxshi bo’lsa, sizga, farzandlaringiz yoki tanishlaringizga asqotishi mumkin. Ikkinchidan, bu jarayonda qatnashib, o’z saviyangizni ham oshirib olishingiz mumkin.

google translate tarjimon yordam

Bundan bir necha yil oldin google tarjima qilishda neyron tarmoqlari tizimiga o’tdi. Sun’iy aql to’g’ri ishlashi uchun, uni o’rgatish, shug’ullantirish kerak. Shunda, sun’iy aql qaysi vaziyatda, qanday tarjima qilish kerakligini o’rganib boradi. Siz esa, bu jarayonda ishtirok etishingiz mumkin.

google translate tarjimon yordam

Bir qancha savollarga javob berib, o’zingiz bilgan tillarni tanlaganingizdan so’ng, maxsus sahifaga yo’naltirilasiz. So’z/gaplarlarni tarjima qilishingiz yoki boshqalar tarjima qilgan so’z/gaplarning to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshirishingiz mumkin. Sizga so’z/gap va bir qancha variantlar beriladi, to’g’ri variantni belgilaysiz. (P.s. Afsuski ba’zi «ahmoqlar» ataylab, umuman noto’g’ri variantlarni belgilab tashlagan)

google translate tarjimon yordam

ISHTIROK ETISH >

O’zbek tili rivojiga o’z hissangizni qo’shing!