GETCONTACT ISTALGAN ODAM HAQIDAGI MA’LUMOTNI KO’RSATADI

Bir kechada, bir necha million foydalanuvchi GetContact’ni yuklab oldi. Bu programma o’zgalar telefonida ismingiz qanday yozilganini bilishga yordam beradi. Lekin, bu hali hammasi emas…

Programma asoschilari turklar. GetContact 2017 — yilda, Buyuk Britaniyada ro’yxatdan o’tgan.

Ro’yxatdan o’tganingizdan keyin siz va kontaktlaringiz haqida barcha ma’lumotlar tarqatib yuboriladi. Albatta, o’zingiz bilmoqchi bo’lgan ma’lumotlarni bilib, programmani o’chirib tashlash mumkin. Ammo, telefoningizdagi barcha kontaktlar haqidagi ma’lumotlar GetContact’da qoladi.

Eng yomoni shundaki, agar sizning raqamingiz bo’lgan boshqa telefon egasi ro’yxatdan o’tsa ham, siz haqingizdagi barcha ma’lumotlar internetga chiqib ketadi.

Wylsacom’dagi hamkasblarimizning aytishicha, hattoki facebook, intagram, twitter’dagi ma’lumotlarni ham barcha ko’rishi mumkin bo’ladi. Bu esa endi hazil emas. Qo’rqinchli va xavfli…

Bir necha kun ichida, ro’yxatdan o’tganlar hayoti barbod bo’lgani haqida ham ma’lumotlar mavjud. Kimdirning siri oshkor bo’lgan, kimdir jufti halolining xiyonati haqida bilib qolgan…

GetContact

Bu ma’lumotlardan foydalanib sizni «подстава» (tushunarli qilib aytganda) qilishsachi? Yoki firibgarlar, xakerlar bu ma’lumotlardan foydalanishsachi?

Getcontact
Misol

Xavfli va ishonchliligi bilan maqtanadigan IOS ham ojiz qoldi. GetContact programmasi App Store’da mavjud.

RAQAMNI QANDAY O’CHIRISH MUMKIN?

Agar raqamingiz (va siz haqingizdagi ma’lumotlar) GetContact’ga chiqib ketgan bo’lsa, o’chirtirish mumkin.

1. GetContact programmasini oching (agar yuklab olgan bo’lsangiz) va akkauntingizni o’chiring. «О GetContact» → «Настройки учётной записи» → «Удалить аккаунт»

2. GetContact SAYTIGA o’tib, raqamingizni tering va UNLIST tugmasini bosing.

Raqamingiz va ma’lumotlaringiz 24 soat ichida bazadan o’chiriladi (Har xolda, GetContact asoschilari shunday va’da berishmoqda).

Qator davlatlar GetContact’ni blok qildi. Sizning ma’lumotlaringiz ham allaqachon chiqib ketgan bo’lishi mumkin. Ehtiyot bo’ling va bu kabi programmalardan yiroq yuring.