GAVDALIROQ KO’RINISHNING 8 QOIDASI

Sport bilan shug’ullanish va sog’lom turmush tarziga rioya qilish yaxshi albatta. Ammo, yetarli darajada baquvvat bo’lmasangizchi? Yoki qomat va muskullaringiz chiroyli ko’rinishini xohlasangizchi? Lifetime gavdaliroq ko’rinishning 8 qoidasi bilan tanishtiradi.

TO’QILGAN KIYIMLAR

To’qilgan kiyimlar kiyganda, gavda hajmini oshiradi va mushaklar massasini kattaroq ko’rsatadi. Ammo, to’qilgan kiyim qalinligini tanlashda ehtiyot bo’lish kerak. Haddan ziyod qalin to’qilgan jemper kiyganda, ozg’in bosh, qo’l va oyoqlar ajralib qolishi mumkin.

to'qilgan kiyim

BO’YIN

Ozg’in bo’yin barcha harakatni yo’qqa chiqarishi mumkin. Iloji boricha, qattiq yoki qalin bo’yinli (yoqali) kiyimlar kiyishga harakat qiling.

bo'yin

RANGLAR

Yorqin ranglar va oq rang ko’zni aldaydi. Ammo, boshdan oyoq bir xil rang kiymang. Ustki kiyim va pastki kiyim ranglari farq qilishi kerak. Qora rang sizni yanada ozg’in ko’rsatadi. Agar ranglarni qanday uyg’unlashtirishni bilmasangiz, bizning shu haqidagi maqolamizni o’qing>

KALTA VA TOR YENG

Futbolka tanlaganda, kaltaroq (juda kalta ham bo’lmasin) va tor yenglisini tanlang. Agar futbolkaning yengi uzunroq bo’lsa, qayirib (buklab) oling.

Yeng

YELKA

Kiyimlarning yelkasidagi tikilishi loyiq yoki umuman bo’lmasligi kerak. Yelka tikilishi, yelka chizig’idan kalta yoki uzun bo’lsa, sizni kichik ko’rsatadi.

yelka

V SHAKLIDAGI USTKI KIYIMLAR

«Shalpillagan» kiyim kiysangiz, kiyim «cho’pga ilingan» lattaga o’xshab qoladi, tor kiyim kiysangiz, sizni kichik ko’rsatadi va nuqsonlaringizni ko’rsatib qo’yadi. Qomatni chiroyli va gavdali ko’rsatish uchun, «приталенный» ya’ni qomatga mos qilib tikilgan kiyimlarni tanlang. Kiyim V shaklida, belga tushgani sari torayib borishi kerak. Agar bunday kiyimlar topishga qiynalsangiz, atelyega murojaat qiling. Bu juda ham arzon, o’rtacha 10.000 so’mni tashkil qiladi.

W SHAKLIDAGI SHIMLAR

Shimlarning beli mos va tarang turishi kerak. Beldan pastga qarab tushgani sari torayib borishi maqsadga muvofiq. Beldan tizzagacha bilinar-bilinmas kengroq bo’lsin. Eng muhimi me’yorida bo’lishiga harakat qiling.

Shim

YOQA KESILISHI

Agar yelkangiz keng bo’lsa, V shaklida kesilgan futbolka, agar yelkangiz tor bo’lsa, dumaloq qilib kesilgan futbolka kiying.

V yoqa

Sport bilan shug’ullanish va foydali mahsulotlarni iste’mol qilishni kanda qilmang. Agar qanday shug’ullanishni bilmayotgan bo’lsangiz, quyidagi maqolamizni o’qishni unutmang!

Shuni unutmangki, tashqi ko’rinishingizga yaxshi kayfiyat ham ta’sir qiladi. Batafsil quyidagi maqolani o’qing.

Lifetime — make your life better!