Lifetime

GALAXY S9 VA S9+ HAQIDA BARCHASI MA’LUM

S9

WinFuture sayti, Samsung 25 — fevralda Barselonada, MWC — 2018 ko’rgazmasida namoyish qiladigan, Galaxy s9 va s9+ smartfonlari haqidagi barcha ma’lumotni sizdirdi.

DIZAYN

Galaxy s9 dizayni

Galaxy s9 va s9+ tashqi ko’rinishi deyarli o’zgarmadi. Galaxy s9+’da ikkita kamera bo’ladi va ko’plab e’tirozlar sabab, barmoq izi skaneri, ikkala modelda ham kamera tagiga joylashtirildi.

KAMERA

Galaxy s9 kamera

Galaxy s9’ning asosiy kamerasi 12 megapiksel, s9+ ikkita 12 megapiksellik kameraga ega bo’ldi. Bitta kamera qorong’i sharoitda yaxshi tushirsa, ikkinchisi yorug’ joylarda yaxshi tushiradi va istalgan vaqtda sifatli surat olish imkonini beradi. Ikkala modelda ham SlowMo rejimi mavjud (sekundiga 960 kadr). Raqamli stabilizatsiya va lazerli avtofokus bilan jihozlangan.

Old kamera ikkala modelda ham 8 megapiksel.

OVOZ

Galaxy s9 ovozi

Samsung flagmanlari birinchi bor stereo dinamiklarga ega bo’ladi. Ovoz sifati bilan AKG mutaxassislari shug’ullangan. Ikkala model ham 3,5 mm.lik quloqchinlarni qabul qiladi.

EKRAN

Ikkala model ham takomillashtirilgan AMOLED ekranlarga ega bo’ladi. Galaxy s9 — 5,8 dyuym, Galaxy s9+ — 6,2 dyuym (2960×1440).

IPHONE X. NIMA?

Galaxy s9/s9+ qulfini ko’z va Iphone X’dagi kabi yuz skaneri orqali ochish mumkin. Shuningdek, Iphone X’dagi kabi jonli (qimirlovchi) emojilar ham bo’ladi.

PROTSESSOR

Amerika uchun mo’ljallangan versiyasida, Snapdragon 845, boshqa versiyalarida Exynos 9810 ishlatiladi. Exynos 9810, 10 nanometrlik 8 yaderli protsessor (4×2,9 va 4×1,9 ghz).

XOTIRA

Galaxy s9 4 gb.lik va s9+ 6 gb.lik operativ xotiraga ega. Asosiy xotira tahminan, 64 va 128 gb.

AKKUMULYATOR

Bu borada o’zgarish yo’q, Galaxy s9 3000 mAh, s9+ 3500 mAh.

KORPUS (EKSKLYUZIV)

Galaxy s9

galaxy s9

Пролистать наверх