GALAXY S9 CHIPI IPHONE X NI «KO’CHIRIB OLISH» IMKONINI BERADI

Samsung payshanba kuni Exynos ning yangi avlod chipini taqdim etdi. Bu processor, shu yili taqdim etiladigan Galaxy S9 va Galaxy Note 9 ga o’rnatiladi. Yangi Exynos 9810, iPhone X ning ba’zi imkoniyatlarini «ko’chirib olish» imkonini beradi.

Sakkiz yadrolik Exynos 9810 avvalgisidan tezroq va 2,9ghz tezlikda ishlaydi. Samsung kompaniyasining ta’kidlashicha, bir yadrolik amallarni bajarish darajasi ikki barobarga, ko’p yadrolik amallarni bajarish 40%ga oshadi. Shuningdek, yangi chip 2 — avlod 10 nanometrlik arxitekturada qurilgan avvalgisidan anchayin tejamkor. Chipga»o’ta yuqori tezlikdagi LTE» modem qo’yilgan bo’lib, 1,2 gbit/s tezlikgacha ishlaydi.

Xo’sh, yangi chip qanday qilib iPhone X ni ko’chirib olishga imkon beradi?

Samsung, neyron tarmoqlarga asoslangan «chuqur o’rganish» va yanada ishonchliroq himoya kabi bir qancha funkciyalar ustida ish olib bormoqda. Bu texnologiya insonlar va predmetlarni yuqori darajada aniqlash imkonini beradi. Bunda 3D skaner texnologiyasidan foydalaniladi. Qisqa qilib aytganda, iPhone X dagi «Face ID» texnologiyasining analogini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Bugungi kunda, «Face ID» mavjud texnologiyalar orasida, eng mukammal hisoblanadi. iPhone X ning «True Depth» kamerasi, yuzni 3D skaner qilish va yuz harakatlarini aniqlash imkonini beradi. Bu texnologiyaning yana bir ustun tomoni, rasm bilan aldab bo’lmaydi, ko’zoynak taqsangiz yoki bosh kiyim kiysangiz ham «taniy oladi». Bu texnologiya o’z navbatida, «animoji» kabi dasturlarning ishlashiga zamin yaratadi.

Bu texnologiya yoki analogi, katta ehtimol bilan Samsungning shu yilgi modellarda bo’lishi ehtimoli katta… Ammo, buni ular qanchalik uddalashini vaqt ko’rsatadi.