Energizer Powermax P16K Pro eng katta batareyaga ega. Kompaniyaning va’da berishicha, smartfon quvvati deyarli bir hafta ishlashga yetadi. P16K texnik xususiyatlari bo’yicha ham chakki emas. Ayni bizbop smartfon!

p16k

Bir savol tug’iladi, bunday katta batareyali smartfon necha soatda quvvat oladi? Misol uchun, 3000 mAh batareyali smartfon o’rtacha bir yarim soatda 100% quvvat oladi.

Powermax P16K quvvati, o’rtacha ishlatganda 5 kunga, teginilmagan holatda 40 kunga yetadi! Tasavvur qilyapsizmi?!

p16k

Texnik xususiyatlari:

  • Kamera – 2ta asosiy 16 + 13 megapiksel. 5 mp. old.
  • Ekran – 5,99″ 2160 × 1080 FHD+. IPS 18:9 o’lchamli.
  • Protsessor – Mediatek MT6763T Helio P23, 8 yadro 2.5 GHz.
  • Xotira – 6/128 Gb.

Og’irligi 300 gr. va batareyasi yuqorida aytilganidek, 16,000 mAh.

p16k

Protsessorini inobatga olmasa judayam kuchli smartfon. Ayniqsa, quvvatining 5-6 kunga yetishi bizning sharoitga mos 🙂

Powermax P16K yilning 3 – choragida sotuvga chiqariladi. Narxi 600$ yoki 400€ atrofida bo’lishi aytilmoqda.