LG kompaniyasi, LG G7’ni rasman taqdim etmagan bo’lsa-da, MWC 2018 ko’rgazmasiga prototipini olib keldi. G7 tashqi ko’rinishidan Iphone X’ni eslatib yuboradi.

LG G7 haqidagi barcha ma’lumot isroillik jurnalistlar qo’liga kelib tushdi. Ba’zilar LG uyalganidan G7’ni taqdim qilmadi deyishmoqda. Qaysidir ma’noda bu gapda jon bor. MWC 2018 ko’rgazmasi Iphone X klonlariga to’lib ketdi.

Tahminlarga ko’ra, LG G7 (neo) iyun oyida sotuvga chiqariladi. Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi. Xotirasi ikki xil variantda, 4/64 Gb va 6/128 Gb bo’ladi.

Ekrani 19,5:9 Oled displey 3120 × 1440 px. bilan jihozlangan.

G7

Ikkita asosiy kamera 16 megapiksel, old kamera 8 megapiksel. Smartfon batareyasi bor yo’g’i 3000 mAh.

LG G7 (neo) kelajagi haqidagi ma’lumotlar sir tutilmoqda.

Manba: Ynet