Inglizcha neologizmlar

Yangi paydo bo’lgan (zamonaviy) va ma’lum bir ma’noni anglatuvchi so’zlar neologizmlar deyiladi. Ingliz tilidagi eng qiziq, zamonaviy va “trend”dagi 15 ta neologizmlarni jamladik.

Ingliz tili so’zsiz dunyodagi birinchi raqamli til hisoblanadi. Ingliz tili jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda va ingliz tilida paydo bo’lgan yangi, zamonaviy so’zlar boshqa tillarga tarjima qilinadi (ruslarga salom). Misol tariqasida, eng mashhur so’zlardan biri “selfie” so’zini keltirish mumkin. Har yili minglab neologizmlar o’ylab topiladi va shulardan sanoqlisigina o’rnashib qoladi. Qolganlari esa, qanday paydo bo’lgan bo’lsa, shunday yo’q bo’lib ketadi.

Agar ingliz tilini o’rganayotgan bo’lsangiz, yoki shunchaki qiziqsangiz asqotishi tayin.

MASTURDATING [Mastudeyting]

Yolg’iz kinoga borishni, aylanishni yoki o’zi bilan o’zi bo’lishni xush ko’radiganlarga aytiladi.

ASKHOLE  [Askhol]

Ask – so’rash va asshole – yomon insonlarga aytiladi, so’zlar qorishmasi. Doim yoqimsiz, tuturiqsiz yoki ahmoqona savollar beradiganlarga aytiladi.

ERRORIST [Errorist]

Eng tushunarli neologizmlardan biri: Doim xato qiluvchilarga nisbatan ishlatiladi.

BEDGASM [Bedgazm]

Og’ir va mashaqqatli kundan so’ng va nihoyat yotoqqa kelib yotishga aytiladi. Misol uchun, ba’zi vaqtlarda charchab kelib, kiyimingizni yarmigacha yechasizu, shu tariqa uzoq vaqt yotasiz. Ana shunga bedgazm deyiladi.

CHAIRDROBE [Cheidroub]

Stul ham ilgich (вешалка), ham javon (шкаф) vazifasini bajarishiga aytiladi. Sizda ham shundaymi? :))

TEXTROVERT [Tekstrovert]

Boshqa har qanday so’zlashish uslublaridan ko’ra, yozishmalarni afzal biladiganlarga nisbatan qo’llaniladi. Shunday do’stingiz bormi?

CELLFISH [Sellfish]

Jamoat joylarida, boshqalarga halaqit berishini bilib tursada, telefonda gaplashishni xush ko’ruvchilar. Shu vaqtda, avtobusda molday baland ovozda gaplashib ketadiganlar esingizga tushgandir?!

DUDEVORCE [Dyudvors]

Do’stlik rishtalari uzilishiga aytiladi.

DESTINESIA [Destineziya]

Nima uchundir borib, nima kerakligi esingizdan chiqib qolganmi? Shu vaziyat destinesia deyiladi.

CAT LADY [Ket leidi]

40 ta joni bor, kuchli va irodali ayollarga nisbatan aytiladi.

COUPLIE [Kapli]

Sevishganlar tushgan rasmga aytiladi. Agar buni selfie deb yurgan bo’lsangiz adashasiz.

RINGXIETY [Ringzaiti]

Xuddi qo’ng’iroq bo’layotgandek, telefon jiringlayotgandek tuyuladigan vaziyat.

SCREENAGER [Skrineyja]

Gadjetlar bilan ko’p vaqtini o’tkaradigan yoshlarga nisbatan ishlatiladi. Hozirgi kunda judayam kerakli so’z.

Sizga qaysi neologizmlar ma’qul bo’ldi? Agar sizda, biz bilmagan neologizmlar bo’lsa izoh qoldiring.