Lifetime

ENDI GOOGLE SUN’IY AQLI KO’Z ORQALI YURAK KASALLIKLARINI ANIQLAYDI

Google sun’iy aqlining yangi algoritmi, ko’zni skaner qilish orqali, yurak qon-tomir kasalliklarini aniqlaydi. Qon tahlili kabi aniq va xavfsiz.

Google sun'iy aql
Chapda odatiy tasvir. O’ngda, Google AI qon tomirlarini tekshirmoqda | Google

Google va ularga qarashli, Verily kompaniyasi tadqiqotchilari, yurak kasalliklarini aniqlashning yangi yo’lini kashf etishdi. Ko’zning orqa tarafini skaner qilish orqali, bemorning yoshi, qon bosimi, tamaki chekish-chekmasligi kabi ma’lumotlarni aniqlay oladi. Olingan ma’lumotlar, yurak xurujiga duchor bo’lish xavfini oldindan aytish uchun ishlatilishi mumkin.

Yangi uslub, yurak qon-tomir kasalliklarini oson va tez tahlil qilish imkonini beradi. Tahlil uchun qon topshirish va javobini kutish shart emas. Lekin, bu uslubni ommaviy qo’llash uchun takomillashtirish kerak.

Hozirda sun’iy aql deyarli barcha sohalarda qo’llanilmoqda. Garchi, hali sinov tariqasida qo’llanilayotgan bo’lsa-da, yaqin kelajakda barcha jabhalarda joriy qilinadi.

Sun’iy aqlga munosabatingiz qanday? Kelajakda, foyda bilan bir qatorda, insoniyatga xavf tug’dirishi mumkinmi? Quyida izoh qoldiring.

Lifetime — make your life better!
Пролистать наверх