BU SMS IPHONE SMARTFONLARINI ISHDAN CHIQARADI

Avvallari Apple o’zining yetuk sistemasi, IOS bilan maqtana olardi va so’zsiz, har tomonlama Android ni ortda qoldirardi. iPhone ga bo’lgan katta qiziqish va talab asli shundan… Ammo so’nggi yillarda, apple, o’z mijozlarini ranjitmoqda. Quyidagi sms iPhone smartfonlarini ishdan chiqaradi va «g’ishtga» aylantirib qo’yadi.

IOS sistemasida birin-ketin kamchliklar aniqlanmoqda. Apple bularni bartaraf qilish uchun ios sistemasining yangi versiyalarini chiqarmoqda. Ammo bu, yordam berish o’rniga, undanda ko’proq va jiddiyroq muammolar yaratmoqda.

Tasavvur qiling bor yo’g’i bir dona sms iphone smartfonlarini «nogiron» qilib qo’ysa (p.s. shunday vaqtlarda android ni tanlaganingga shukr qilasan ?)…

QANAQASIGA?

Judayam oddiy. Hindlarning Telugu tiliga tegishli జ్ఞ‌ా belgisi SMS orqali iPhone ga yuborilsa va smsni ochib qarasangiz…tamom…

Bunday smsni ochib ko’rgan «baxtsiz» iPhone egasi, Facebook Messenger, WhatsApp va sms programmalarini ocha olmaydi. Shu programmalardan istalgan birini ochganingizda, iPhone o’chib yonadi. Ha, judayam ayanchli. Agar sizga shunday sms kelsa, ASLO OCHA KO’RMANG (har qancha qiziq bo’lmasin?). Biz bu ma’lumotni tanishish va himoyalanish maqsadida yozdik. Siz tomoningizdan amalga oshirilgan, har qanday harakat uchun, faqat va faqat o’zingiz javobgarsiz!

Agar shunday holatga tushgan bo’lsangiz, nima qilish kerak?! Hech narsa! Dunyo bo’ylab, allaqachon, yuzlab odamlar hazil yoki sinab ko’rish maqsadida bu muammoga duchor bo’ldi. Sabr qiling va Apple muammoni hal qilishini kuting.

Aytgancha, agar sizda IOS 11.3 beta bo’lsa, xavotir olishga o’rin yo’q. Bu versiyada, bunday muammo mavjud emas!

Lifetime — make your life safer better!