Lifetime

BU O’YIN SIZNI AQLDAN OZDIRADI

Shu vaqtgacha har xil o’yinlarni ko’rganman. Ammo bunaqasini… O’yin shu qadar asabingizga tegadiki, smartfonni sindirib tashlagingiz keladi. Paradoks shundaki, bu o’yin juda ham qiziq va qanchalik asabingizga tegmasin, keyin nima bo’lar ekan deb qiziqasiz. O’yin ko’rinishidan eski va qadrdon Mario o’yinini eslatib yuboradi. Lekin farqi shundaki, har qadamda yashirin qopqonlar, goh kutilmaganda shar paydo bo’ladi yoki devor ustingizga qulab ketadi… Xuddi bu o’yinni o’tib bo’lmaydigandek tuyuladi ammo «Sherlok Holms rejimini yoqsangiz», qanchalik osonligini tushunasiz.

Quyidagi videoni ko’rishingiz va o’yinni ko’chirib olib, o’ynab ko’rishingiz mumkin.

Afsuski, bu o’yin hozircha faqat IOS (Apple) uchun mavjud!

Trap adventure 2 | Download (Ko’chirib olish)

Lifetime — make your life better!
Пролистать наверх