BU BEPUL 7 KURS SIZNI IQTISODCHIGA AYLANTIRADI

Iqtisod, har kimning ham «tishi» o’tmaydigan, qiyin fan degan fikr mavjud. Dunyoning yetakchi universitetlari tomonidan tashkil qilingan bepul 7 kurs sizni iqtisodchiga aylantiradi va bu eskicha qarashni chipakka chiqaradi.

Iqtisodchi
giphy.com

Kurslar internet orqali o’tiladi va qachon, qancha o’qishni o’zingiz hal qilasiz.

IQTISODIY FIKR TARIXI

Biror narsani o’rganish uchun, avval uning tarixini o’rganish kerak. Bu kursda, iqtisod fanining tarixi va uning qay tarzda fan darajasiga chiqishini o’rganasiz.

Tashkilotchi: National Research University Higher School of Economics.

Til: Rus tili.

Davomiyligi: 11 hafta.

Kursda o’qish>

IQTISODCHI BO’LMAGANLAR UCHUN IQTISOD

Agar iqtisodni chuqurlashtirilgan holda emas, qiziqish va tushunish uchun o’rganmoqchi bo’lsangiz, bu kurs siz uchun. Kurs oddiy va tushunarli qilib tayyorlagan. Maktab o’quvchilaridan tortib, yoshi kattalarga ham birdek tushunarli.

Tashkilotchi: National Research University Higher School of Economics.

Til: Rus tili.

Davomiyligi: 10 hafta.

Kursda o’qish>

IQTISODIY INSTITUTLAR VA BOZOR

Kurs investorlarga yoki investitsiyalar, fond va valyuta bozorlari, qimmatli qog’ozlar, bank sohasi kabilar haqida ma’lumot olmoqchi bo’lganlarga to’g’ri keladi.

Tashkilotchi: National Research University Higher School of Economics.

Til: Rus tili.

Davomiyligi: 9 hafta.

Kursda o’qish>

MOLIYA BARCHA UCHUN

Moliyaga bog’liq barcha ma’lumotlar, hayotiy misollar bilan ko’rsatiladi.

Tashkilotchi: Michigan universiteti.

Til: Ingliz tili.

Davomiyligi: 6 hafta.

Kursda o’qish>

Iqtisodchi
giphy.com
MOLIYACHI BO’LMAGANLAR UCHUN MOLIYA

Taniqli ekspert, professor Jeyms Ueston, moliyachilar ish faoliyatini tushuntirib beradi. Ma’ruzalar bo’lajak moliyachilar yoki biznesmenlar uchun ayni muddao.

Tashkilotchi: Rays Universiteti.

Til: Ingliz tili.

Davomiyligi: 5 hafta.

Kursda o’qish>

O’ZINI TUTISH VA HARAKAT MOLIYASI

Kursda, sotsial (ijtimoiy) va va psixologik omillar bozor o’zgarishiga qanchalik ta’sir qilishini o’rganasiz. Kursda, nima uchun odamlar keraksiz xaridlarni amalga oshirishi va moliyaviy xatolarga yo’l qo’yishi tahlil qilinadi.

Tashkilotchi: Dyuk Universiteti.

Til: Ingliz tili.

Davomiyligi: 3 hafta.

Kursda o’qish>

BANK VA MOLIYA

Kurs Sberbank o’quv markazi tomonidan tashkil qilingan. Kursda bank faoliyati va moliya haqida tushuncha beriladi.

Tashkilotchi: Sberbank Corporate University.

Til: Rus tili.

Davomiyligi: 7 hafta.

Kursda o’qish>

Barcha kurslar Coursera internet ta’lim servisida o’tiladi va mutlaqo bepul.

Coursera haqida:

Lifetime — make your life better!