Lifetime

BANANNING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA TANLASH SIRI

Banan mazali, yengil va vitaminlarga boy meva hisoblanadi. Lifetime bananning foydali xususiyatlari va tanlash sirlari bilan tanishtiradi

Bananlar


«Boshqa mevalardan farqli ravishda, banan bir necha kun turib qorayib qolsa, «yomon» bo’lmaydi. Aksincha, biroz turgan va qoraygan banan mazali va foydaliroq bo’ladi».


O’SIMTANING OLDINI OLADI

Bananda o’simtaning oldini oladigan protein mavjud. Yaponiyalik olimlar izlanishlardan so’ng, «banan qanchalik «yetilgan» bo’lsa, unda shunchalik foydali elementlar va vitaminlar mavjud bo’ladi» — degan qarorga kelishdi.

O'simta oldini oluvchi bananlar

MUSHAK SPAZMLARINING OLDINI OLADI

Mineral yetishmovchiligi mushak spazmlarining asosiy sababchisi hisoblanadi. Kaliy va magniyga boy banan mushak spazmlarining oldini olishga yordam beradi. Mana nimaga sportchilar doimo banan iste’mol qilishadi.

mushak spazmi

BUYRAK KASALLIKLARINING OLDINI OLADI

Bananda yetarli miqdorda kaliy bo’lib, buyrakda tosh yig’ilishining oldini oladi. So’nggi tadqiqotlarga ko’ra, doimiy ravishda banan iste’mol qilish buyrakda zararli moddalarning yig’ilishini 40%ga kamaytiradi.

Banan iste'mol qilish buyrakda tosh yig'ilishining oldini oladi

YURAK FAOLIYATINI YAXSHILAYDI

Har kuni 2-3 dona banan iste’mol qilish yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Yurak faoliyatini yaxshilaydi

QON TOMIRLARINI TOZALAYDI

Xolesterin qon tomirlari buzilishining asosiy sababchisi bo’lib, aterosklerozga olib keladi. Banan xolesterin miqdorini kamaytiradi va qon tomir tizimining sog’lomligini ta’minlaydi.

Xolesterin

SOG’LOM OSHQOZON

Banan oshqozon yarasi (gastrit) borlar va bunday kasalikka moyillarga tavsiya qilinadi. Banan oshqozon devorlarini himoya qiluvchi maxsus fermentlarga ega.

Oshqozon

ENERGIYA (QUVVAT) MANBAI

Banan zarur vitamin va minerallarga boy bo’lgani sababli, energiya manbai hisoblanadi. Tarkibidagi yengil uglevodlar tez hazm bo’ladi va organizmni quvvat bilan ta’minlaydi.

Energiya manbai

A’LO KAYFIYAT

Bananda «B» vitamini bilan birgalikda, dofamin «baxt gormoni» mavjud va u asab tizimlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kayfiyatingiz bo’lmaganida, albatta banan iste’mol qiling.

Dofamin

DIABETDA YORDAM BERADI

Tarkibidagi kraxmal 2 — turdagi qandli diabetda yordam beradim. Buning uchun chala pishgan banan tavsiya qilinadi. O’rtacha kattalikdagi yashil bananda 12,5 gr., pishgan bananda esa, 5 gr. kraxmal mavjud.

Diabet

OZISHGA YORDAM BERADI

Shuningdek, chala pishgan yoki xom banan tarkibidagi kraxmal vazn tashlashga yordam beradi. Ammo, ko’p iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Yashil banan

BU FOYDALI!

O’zingizni sog’lom his qilish uchun har kuni yoki kun ora 2 dona banan iste’mol qiling!

Quyida 100 gr. banandagi foydali vitamin va minerallar keltirilgan:

Banandagi vitamin va minerallar

Пролистать наверх