Lifetime

ALIEXPRESS VA ALIBABA HAQIDA BATAFSIL. BUYURTMA, PUL ISHLASH VA BEPUL TOVARLAR

Alibaba, Aliexpress va Taobao o’zi nima? Aliexpress da qanday qilib, xavfsiz xarid qilish, pul ishlash va bepul tovarlarni qo’lga kiritish mumkin? Aliexpress va Alibaba haqida batafsil. Plastik kartam yo’q deysizmi? Muammoning yechimi bor!

Aliexpress logo
AliExpress logotipi
ALIBABA GROUP

Aliexpress, Alibaba va Taobao internet do’konlari bo’lib, Alibaba group kompaniyasiga tegishli. Alibaba group kompaniyasiga, 1999 — yilda, Jek Ma asos solgan. Jek Ma haqida alohida maqola tayyorlaymiz va u haqidagi, topish mumkin bo’lgan va bo’lmagan barcha ma’lumotlarni to’playmiz.

Bu qiziq!

UC Web — brauzeri ham Alibaba group kompaniyasiga tegishli.

Alibaba group internet do’konlari 3 ta asosiy guruhga bo’linadi:

  1. Alibaba
  2. AliExpress
  3. Taobao

Endi barchasi haqida batafsil.

ALIBABA

Alibaba — b2b (biznes uchun biznes) tizimida ishlaydi. Ya’ni zavod yoki fabrika katta miqdorda (xalq tilida «optom»?), to’g’ridan-to’g’ri sotuvchiga sotadi. Alibaba da narxlar ancha arzon lekin donabay sotilmaydi. Aliexpress dan farqli ravishda, o’rtada olib-sotarlar yo’q.  O’rtacha buyurtma beriladigan miqdor 100 dona, ammo tovar turiga qarab farq qiladi. Barcha tovarlarda, eng kami nechta sotilishi, TAHMINIY narxi va tovar haqida ma’lumotlar yozilgan. Narxi tahminiyligining sababi, nechta buyurtma berishingizga qarab, sotuvchining o’zi bilan suhbatlashgandan keyin qimmatroq yoki arzonroq bo’ladi. Agar sotuvchining doimiy mijoziga aylansangiz va kelishib ketsangiz, boshqalarga berilmagan chegirmalarni beradi. Alibaba ning eng katta kamchiligi, hech qanday himoyaning yo’qligida. Aliexpress da mijoz har tomonlama himoya qilinadi va haqiqatdan buyurtma bergan tovarni oldim, demaguncha, sotuvchi pulni ololmaydi. Mahsulot sizgacha yetib kelmasa, pul qaytarib beriladi yoki yana yuboriladi. Afsuski, Alibaba da bunday qulayliklar yo’q va sotuvchi sizni «kiydirib» ketish ehtimoli ham yo’q emas. Alibaba, odatda barcha sotuvchilarni tekshiradi. Shunga qaramay, qalloblar ham uchrab turadi (albatta, bu borada bizda aniq fakt va dalillar yo’q. Internetdagi ma’lumotlarga tayangan holda yozdik).

ALIEXPRESS

Aliexpress bor-yo’g’i 8 yil oldin, 2010 — yilda tashkil qilingan bo’lishiga qaramay, savdo hajmi bo’yicha, Ebay va Amazon darajasiga chiqib oldi. Aliexpress o’zining arzon narxlari va mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar tufayli, butun dunyo bo’ylab, millionlab insonlar qalbidan joy oldi. Alibaba sotuvchilar va biznes uchun (b2b) mo’ljallangan bo’lsa, Aliexpress donabay savdo uchun mo’ljallangan. Ya’ni fabrika yoki zavod>olib-sotar>mijoz. Shu tufayli ham, narxlar biroz qimmatroq. Arzimagan narxdagi, misol uchun, 1$lik tovarga buyurtma bersangiz ham, buyurtmani albatta yuborishadi (ba’zida hattoki pochta orqali yuborishi ham tekin?). Ammo, aliexpress da ham, «optom», arzonroqqa olish mumkin. Lekin, shunda ham narx, Alibaba dagidan qimmatroq bo’ladi. Bir dona mahsulot olganda ham, sotuvchi bilan savdolashib, narxini tushirish mumkin. Ammo bu, nima va nech pullik mahsulot olayotganingizga bog’liq.

Bu qiziq!

2016 — yilda, Moskvada, Aliexpress ning dunyodagi birinchi «shou-rum»i ochilgan.

Aliexpress bir necha o’nlab tillar va deyarli barcha valyutalarda mavjud (faqat tarjimasi,  So’mda sotib olish mumkin degani emas!). Saytning o’zida onlayn tarjimon mavjud. Boshqa tillarni bilmagan taqdirda ham, hech bo’lmasa rus tilida gaplashish, o’qish va yozish mumkin. Tasavvur qilib ko’ring, barcha mavjud saytlar ichida Aliexpress, eng ko’p kiriladigan saytlar ro’yxatida 47 — o’rinda turadi. Albatta, hali Aliexpress da kamchiliklar yetarlicha, ammo shu tarzda, jadal sur’atlarda rivojlanishda davom etsa, Ebay va Amazon larni ortda qoldirishi hech gap emas.

TAOBAO

Taobao haqida u qadar ham batafsil to’xtalmaymiz. Taobao ning boshqalardan farqi, oldi-sotdi ichki bozor ichida amalga oshiriladi. Ya’ni faqat Xitoyning ichida… Taobao da narxlar Aliexpress dagidan ancha arzon, ba’zi mahsulotlar hattoki 2 barobar farq qiladi. Agar Xitoyda tanishingiz bo’lsa, buyurtmani o’sha manzilga yuborib, tanishingiz orqali O’zbekistonga olib kelish mumkin. Bu ishni bajaradigan maxsus «dallollar» ham mavjud. Ammo, ularning yarmi qallob bo’lsa, insoflilariga beradigan xizmat haqi bilan Aliexpress dagi narx chiqadi.

Quyida Aliexpress haqida batafsil ma’lumot beramiz. Ro’yxatdan o’tish, buyurtma berish, pul ishlash va h.k. Sababi, qolgan 2tasi har kimga ham to’g’ri kelmaydi.

RO’YXATDAN O’TISH

Ism — familiya, pochta va parolni to’ldirib, ro’yxatdan o’tish mumkin:

Aliexpress ro'yxatdan o'tish
Join free tugmasini bosing

 

Aliexpress ro'yxatdan o'tish
To’ldirib «Create your account»ni bosing

 

Aliexpress ro'yxatdan o'tish
Mobil versiyasi

 

MANZIL

Eng ma’quli, Aliexpress programmasini yuklab oling. Keyingi barcha harakat programma misolida ko’rsatiladi. Lekin, kompyuter versiyasi, u qadar ham farq qilmaydi. Buyurtma berish uchun pochta yuboriladigan manzilni kiriting (masalan, uy manzili):

Aliexpress manzil
1

 

Aliexpress manzil
2

 

Aliexpress manzil
3

Manzil faqat lotin alifbosida kiritilishi kerak (agat jo’natma adashib, boshqaga ketib qolishini xohlamasangiz!). Bir nechta manzil kiritib, buyurtma berishda kerakli manzilni tanlasa bo’ladi. Akkauntdagi qolgan bo’limlarni «kovlashtirib», tanishib chiqing.

UMUMIY QOIDALAR VA MA’LUMOTLAR
  • Iloji boricha ingliz tilini tanlashga harakat qiling. Rus yoki boshqa tilni tanlaganda, saytdagi barcha-barchasini bot (dehqonchasiga «kompyuter» desa ham bo’ladi) so’zma-so’z tarjima qiladi. Tabiiyki, ko’p hollarda, matn o’z ma’nosini yo’qotadi.
  • O’zingizga ma’qul bo’lgan narsalarni, ❤ belgili «wish list», «мои желания» (избранные)ga qo’shib qo’ying. Garchi u mahsulotni hali beri xarid qilmasangiz ham! Aksiya va chegirmalar bo’lgan vaqti, sizga ogohlantirish xabari keladi.
  • Ko’plab tovarlarda jo’natma bepul. Ya’ni narx ichiga kiritilgan. Shunga ham alohida e’tibor bering. Jo’natmasi pulli va bepullarining narxini solishtiring.
  • Bitta tovar, Aliexpress da bir qancha bo’lishi mumkin. Narxlarini solishtiring.
  • Sotuvchi reytingi va mahsulotining sotilgan soniga e’tibor qarating. 4 balldan past bo’lgan reytingli sotuvchilarni yaxshisi chetlab o’ting.
  • Izohlarga (komment) e’tibor qarating va mijozlarni olgan mahsulotlari haqidagi fikrlarini o’qib chiqing.
  • Yuqorida aytilganidek, sotuvchi bilan savdolashib ko’ring.
  • Sotuvchi jo’natmani pochta orqali yuborganidan so’ng, sizga trek-raqam (nomer) beriladi. Shu raqam orqali, jo’natmaning kelishini kuzatish mumkin.
  • Aksiya va chegirmalar doimo bo’ladi va eng saralari bosh sahifada reklama qilinadi.
  • Aliexpress da tovarlar ko’pligidan, eng ma’qul variantini topishga biroz qiynalasiz. Vaqt o’tishi bilan, tajribangiz oshishi bilan, nima? qanday? qayerdaligini oson faqrlay olasiz.
  • Kerakli narsani rus tilida izlab topolmasangiz, inglizcha so’zlar bilan izlab ko’ring.
  • Filtrdan foydalaning:
Aliexpress filtr
lifehacker.ru

 

Aliexpress filtr
Aliexpress programmasidagi filtr
BUYURTMA BERISH

Aliexpress buyurtma berish

Biror-bir tovarni (mahsulot) tanlab, xarid qilish tugmasini bosing.

Aliexpress buyurtma berish

Rangi va o’lchamini tanlang.

 

Aliexpress buyurtma berish

Nechta olishni belgilab, davom etish tugmasini bosing.

 

Aliexpress buyurtma berish

Manzil va to’lovni turini tanlang.

 

Aliexpress buyurtma berish

Karta raqamlarini to’ldirib, barcha to’ldirgan ma’lumotlaringiz to’g’riligiga ishonch hosil qilgach, to’lash tugmasini bosing.

Agar saytning kompyuter versiyasida to’lovni amalga oshirsangiz, yanada ko’proq to’lov turlari mavjud.

TO’LOV TURLARI
  • Plastik karta — Visa va MasterCard.
  • Qiwi Wallet — elektron hamyon. Qozog’iston va Rossiyaliklar uchun. Ammo, bizda ham mavjud. Batafsil quyidagi maqolada.
  • Webmoney va Yandex.Dengi — elektron, virtual pullar hamyoni. Yandex.Dengi ning MasterCard plastik kartasi ham mavjud va O’zbekistonliklar bemalol olishi mumkin. Batafsil quyidagi maqolada.

To’lovlar Aliexpress tomonidan himoyalangan va qo’rquvga asos yo’q. Karta va ma’lumotlarni sotuvchilar ko’ra olmaydi.

JO’NATMANI KUZATISH

To’lovni amalga oshirgandan keyin jo’natma kelishini kuzatib borish kerak. Sotuvchi tovarni tayyorlab, pochta orqali sizga yuboradi va trek-kodni beradi. Siz esa Aliexpress dagi akkaunt yordamida, jo’natma holatini kuzatib borasiz.

Aliexpress akkaunt

Jo’natma o’rtacha 1-1,5 oyda yetib keladi. Jo’natma uyingizga olib kelinadi yoki ogohlantirish xati keladi. Ko’pincha xat-xabar kelmasligi ham mumkin. Pochtaga borib, tekshirib kelish zarar qilmaydi.

Jo’natmani qabul qilib, ochishda videoga oling. Agar tovar ochilgan bo’lsa, yoki yuborilgan tovar, siz tanlagandan farq qilsa, sotuvchi bilan tortishuvda va uning ustidan shikoyat qilishda kerak bo’ladi.

Agar barchasi joyida bo’lsa, izoh qoldirib, sotuvchiga baho bering. Boshqalarga foydasi tegadi!

ISTE’MOLCHILARNI HIMOYA QILISH

Agar sizga sifatsiz tovar yuborilgan bo’lsa, yoki umuman tovar sizgacha yetib kelmagan bo’lsa, «tortishuv» (спор) ochishingiz mumkin.

aliexpress tortishuv

Iste’molchilarni himoya qilishning muddati bo’ladi va bu muddat, sotuvchi jo’natmani, sizga qancha muddatda yetib borishini belgilaganiga bog’liq. Buyurtma berishda bunga ham e’tibor bering! O’rtacha bu muddat 60 kunni tashkil qiladi va siz muddat o’tib ketmagunga qadar «tortishuv» ochishingiz kerak. Sotuvchi sizni bu yo’ldan qaytarishga urinadi. Ammo, siz unga quloq solmang. Sababi, agar siz muddat o’tguncha kutsangiz, keyin «tortishuv» ocha olmaysiz va tovar yetib kelmasa, pulga kuyib qolasiz. Tovar sizgacha yetib kelmasa, yoki va’da qilinganidan farq qilsa, tortishuv ochib, yoki pulni qaytarib olasiz, yoki vaziyatga qarab yechim farq qiladi.

Muddatni qanday bilish mumkin? «Мои заказы»ga kirib, «подробнее»ga bosing.

aliexpress tortishuv

Tovarni qabul qilgandan keyin, «подтвердить получение заказа»ni bosishni unutmang. Aslida muddat o’tgandan keyin o’zi yopiladi. Ammo, sotuvchi ham odam, pulini tezroq olgisi keladi.

PUL ISHLASH

Aliexpress da pul ishlash uchun, tovarni tanlab, tovarga olib boruvchi o’z manzilingizni olasiz va sizning manzilingiz orqali kirib, xarid qilganlardan foyda olasiz. Har bir manzil 15 kun kun amal qiladi. Muddat tugagandan keyin, manzilni yangilash kerak.

Aliexpress programmasini oching:

aliexpress pul ishlash

Mavjud tovarlardan birontasini tanlang va «ulashish» tugmasini bosing:

Aliexpress pul ishlash

 

«Ulashish» tugmasini bosing:

Aliexpress pul ishlash

 

Rasmlardan birini tanlang va 3 ta nuqtaga bosing:

Aliexpress pul ishlash

Endi rasmda belgilangan tugmasini bosing va manzilni ko’chirib oling. Yoki ijtimoiy tarmoqlardan birini tanlab, yuboring:

Aliexpress pul ishlash

Nech pul ishlaganingizni bilish uchun «Мои доходы»ga bosing.

Aliexpress

Ishlagan pulingizni Aliexpress da xaridga ishlatish mumkin:

Aliexpress

Shuningdek, kim kim manzilingiz bo’yicha kirayapti va kim xarid qilayapti, barchasini ko’rishingiz mumkin:

Aliexpress

P.s. Ma’lumotlar Aliexpress rasmiy saytidan olindi.

BEPUL TOVARLAR (ХАЛЯВА)

Aliexpress dagi har bir do’kon yoki sotuvchi, mijozlarni ko’paytirish maqsadida, lotereya ko’rinishida bepul sovg’alar beradi. Evaziga «like» qo’yish talab etiladi. Agar yutsangiz, izoh ham yozasiz. Bu arzon narsalardan tortib, bir necha million (so’mda) turadigan tovarlar bo’lishi mumkin. Qatnashish juda ham oddiy. Katalogdan biror-bir tovarni tanlab, qatnashish tugmasini bosasiz. Bir kunda 2 ta tanlovda qatnashish mumkin. Natijalar har hafta e’lon qilinadi. Agar har kuni qatnashsangiz, albatta biror yutuqqa ega bo’lasiz!

aliexpress bepul

Tovarni tanlang:

aliexpress bepul

 

«Подать заявку»ni bosing:

aliexpress bepul

 

«Ok» tugmasini bosing:

aliexpress bepul

 

Yana bir marta «ok» tugmasini bosing:

Aliexpress bepul

 

Tabriklaymiz! Har kuni 2 marta, shu tarzda qatnashish mumkin. Layfxak: Iloji boricha kam odam qatnashadiganlarga topshiring. Shunda yutish imkoniyati ortadi.

aliexpress bepul

Pastda g’olib bo’lganlarning izohlarini o’qish mumkin. Har bir do’kon yoki sotuvchi o’rtacha 5 donadan sovg’a qiladi. Ya’ni telefon bo’lsa, 5 ta yutuqqa qo’yiladi va 5 ta g’olibga topshiriladi.

Aliexpress da pul ishlash haqida hali yana, alohida maqola yozamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Lifetime — make your life better! 
Пролистать наверх