Lifetime

2019 — YILDA NOUTBUKLAR 5G BILAN ISHLAB CHIQARILADI

2019 — yilning ikkinchi yarmida, Intel noutbuklarga 5G o’rnatishni boshlaydi.

Dell, HP, Lenovo va Microsoft Intel’ning XMM 8000 modemi bilan ta’minlanadi. Kelasi yilda, 5G o’rnatilgan «doimo aloqada» noutbuklar urfga kirishi tahmin qilinmoqda. Barcha ma’lumki, odatiy mobil internet (3G, 4G) onlayn o’yinlarni ko’tara olmaydi, 5G bilan bunday muammo bo’lmaydi. 5G simli internet kabi stabil ishlaydi.

5G noutbuklar qanaqa bo’lishini, Intel MWC ko’rgazmasida namoyish qiladi. Hozircha, Intel buni qanday amalga oshirishi noma’lum. Ammo, MWC ko’rgazmasi ertaga boshlanishini inobatga olsak, shu kunlarda ko’rishimiz mumkin.

2019 — yilda, nafaqat noutbuklar, balki smartfonlarda ham 5G ko’rishga muvaffaq bo’lamiz. Intel Xitoydagi ishlab chiqaruvchilar bilan muzokara olib bormoqda. Qualcomm o’zining X50 5G modemlari bilan Sony, LG, Asus kabi gigantlarni ta’minlaydi.

5G haqida batafsil ma’lumot:

O’zbekistonga qachon 5G yetib kelishi va qanday o’zini namoyish qilishi so’roq ostida. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Пролистать наверх